Islom taraqqiyot banki Özbekiston yöllari va talimi uçun 164 mln dollar ajratadi
9-02-2026, 15:51
246 марта

Islom taraqqiyot banki Özbekiston yöllari va talimi uçun 164 mln dollar ajratadi
Islom taraqqiyot banki Özbekistonga yöl rekonstruktsiyasi uçun 70 mln dollar va talim uçun 94,06 mln dollar ajratadi. Bu haqda bankning rasmiy saytida xabar berildi.Qayd etilişiça, keça, 8 fevral kuni rivojlanayotgan bozor iqtisodiyotlari böyiça ikkinçi AlUla konferentsiyasi doirasida Islom taraqqiyot banki (ITB) prezidenti Muhammad Al Jassir hamda Özbekiston Respublikasi Boş vazir örinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamşid Qöçqorov muhim infratuzilma va ijtimoiy rivojlaniş loyihalarini ilgari suriş maqsadida moliyalaştiriş bitimlarini imzolagan.
Hujjatlarni imzolaş marosimidan avval tomonlar ikki tomonlama muzokaralar ötkazib, ITB –Özbekiston hamkorligini kengaytiriş, Özbekistonning milliy rivojlaniş maqsadlariga mos yuqori samarali taşabbuslarni jadallaştiriş masalalarini muhokama qilgan.
Birinçi bitim ITB tomonidan ajratilayotgan jami 192 million AQŞ dollari miqdoridagi mablağning 70 million dollarlik bosqiçini öz içiga oladi. Uşbu mablağ 4R40 Daştobod–Zomin–Baxmal–Ğallaorol avtomobil yölini rekonstruktsiya qiliş loyihasiga yönaltiriladi. Moliyalaştiriş Jizzax viloyatidagi 4R40 mintaqaviy avtomagistralining 143 kilometr qismini qayta quriş hamda 30 kilometr mahalliy va qişloq yöllarini tamirlaşni nazarda tutadi.
Bildirilişiça, mazkur taşabbus tranzitdagi tor joylarni bartaraf etiş va 200 ming nafar aholining xavfsizligini oşirişga qaratilgan. M39 xalqaro yölagiga tutaş muhim yölni modernizatsiya qiliş orqali loyiha bozorlarga va ijtimoiy xizmatlarga kirişni yaxşilaydi hamda hududning iqtisodiy va turizm salohiyatini oçib beradi.
Ikkinçi bitim ITBning jami 160,25 million dollarlik hissasining 94,06 million dollarlik bosqiçini rasmiylaştiradi. Mablağ SmartEd loyihasini amalga oşirişga yönaltiriladi.
SmartEd loyihasi doirasida respublika böylab 58 ta yangi talim muassasasi qurilib, jihozlanadi hamda mavjud maktablarga qöşimça 2 431 ta sinfxona quriladi. Loyiha har yili 72 930 nafar öquvçiga foyda keltiradigan inklyuziv va kompetentsiyaga asoslangan talim tizimini şakllantirişni, şuningdek 36 115 nafardan ortiq öqituvçi va mamuriy xodimlar uçun maxsus tayyorgarlik dasturlarini taşkil etişni közda tutadi.