Özbekiston Eron xalqiga gumanitar yordam yubordi
17-03-2026, 05:22
268 марта
Özbekiston Eron xalqiga gumanitar yordam yubordiÖzbekiston Eron xalqi uçun gumanitar yordam jönatdi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Malum qilinişiça, insonparvarlik yordami bir neçta yuk maşinasida Turkmaniston orqali yetkazib berilgan. Yuk tarkibiga oziq-ovqat mahsulotlari — un, guruç, şakar, makaron, kungaboqar moyi, konservalar, şuningdek, dori-darmon va tibbiy buyumlar kiritilgan.
Gumanitar yukni qabul qiliş marosimida Eronning Daregaz şahri hokimi Mujtabo Bazmara, Eron TIVning Xuroson Razaviy viloyatidagi idorasi rahbari va vazir maslahatçisi Ali Masumifar, şuningdek, Eronning Turkmanistondagi elçisi Ali Mujtaba Ruzbexani iştirok etdi. Özbekiston tomonidan marosimda mamlakatimizning Turkmanistondagi elçisi Ravşanbek Alimov qatnaşgan.
Eron rasmiylari insonparvarlik yordami va Eron xalqiga körsatilgan etibor uçun Özbekiston prezidentiga minnatdorlik bildirgan.



