Şavkat Mirziyoyev iftorlik marosimida iştirok etdi
18-03-2026, 05:30
248 марта

Şavkat Mirziyoyev iftorlik marosimida iştirok etdi
Qayd etilişiça, marosimga hududlardagi studiyalar orqali nuroniylar, olimu ulamolar, keng jamoatçilik vakillari ulangan. Şuningdek, turli millat va diniy konfessiyalar azolari, diplomatik korpus namoyandalari, xalqaro taşkilotlar vakillari ham qatnaşgan.
Tadbir avvalida davlat rahbari butun Özbekiston xalqini muborak Ramazon oyi bilan yana bir bor çin qalbdan tabriklagan. Şu uluğ ayyom kunlariga barçani tinç-omon, soğ-salomat yetkazgani uçun Alloh taologa behad şukronalar aytilgan.
Ramazon oyi – mehr-oqibat, ezgulik va savobli amallar ramzi. Bugungi kunda davlat va nodavlat taşkilotlar, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Mahallalar uyuşmasi, Musulmonlar idorasining “Vaqf” xayriya jamoat fondi, hududlardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari, şuningdek, saxovatli tadbirkorlar tomonidan keksa va nogironlar, kam taminlangan oilalar, kömakka muhtoj insonlarga moddiy va manaviy yordam körsatilmoqda. Tibbiyot bölinmalari olis va çekka hududlarga çiqib, ayollar, bolalar va nuroniylarni tibbiy körikdan ötkazmoqda, oğir bemorlarni operatsiya yöli bilan davolaş işlari olib borilmoqda.

Bunday xayrli işlar jamiyatda inson qadrini uluğlaş, tinçlik va umummilliy birlik muhitini mustahkamlaşga xizmat qilayotgani qayd etilgan.
Davlat rahbari hozirgi ğoyat tahlikali zamonda tinçlik naqadar uluğ va bebaho nematligini, 38 milliondan ziyod aholi yagona xalq, ahil bir oila bölib yaşayotgani eng katta boylik ekanini yanada çuqur his etiş zarurligini takidlagan. Davrada Özbekistondagi diplomatik korpus vakillari ham qatnaşayotgani muqaddas islom dinining insonparvarlik va bağrikenglik qadriyatlariga, mamlakatning oçiqlik siyosatiga hurmat ifodasi sifatida baholandi.

Bu kun xalq uçun yana bir tarixiy voqea – Özbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazining rasmiy oçiliş marosimi ötkazilayotgan kun ekani alohida takidlangan.
“Ne-ne ajdodlarimizning orzu-niyatlari, armonlari röyobga çiqqan mana şunday unutilmas kun bilan, çinakam ilm-marifat bayrami bilan hammangizni çin qalbimdan tabriklayman.
Mamlakatimizning uç ming yillik şonli tarixi va boy madaniyatining, Yangi Özbekiston imkoniyatlarining yorqin közgusi bölgan uşbu betakror va buyuk majmua barçamizga, butun xalqimizga muborak bölsin!” deydi Prezident.