Eng baxtli mamlakatlar reytingi elon qilindi
20-03-2026, 16:55
493 марта

Eng baxtli mamlakatlar reytingi elon qilindi
Jahonning eng baxtli mamlakatlari reytingi (World Happiness Report 2026) elon qilindi. Unda Özbekiston 53-örinni saqlab qoldi.Ekspertlar Özbekistondagi hayotdan qoniqiş darajasini 10 balldan 6,283 ball deb baholagan. Maruza ananaga köra 20 mart kuni nişonlanadigan Xalqaro baxt kuni arafasida elon qilindi. Tadqiqot Oksford universiteti Farovonlikni örganiş markazi tomonidan Gallup instituti va BMT bilan hamkorlikda tayyorlangan.
Reyting metodologiyasi 140 ta mamlakat va hududdagi qariyb 100 ming kişi örtasida ötkazilgan sörovnomaga asoslanadi. Respondentlar öz hayotini “Kantril zinapoyasi” testi böyiça baholaydi, bunda 10 ball – eng yaxşi hayot, 0 ball esa eng yomoni hisoblanadi. Bundan taşqari, mutaxassislar aholi jon boşiga YaIM hajmi, şaxsiy erkinlik darajasi, korruptsiyani idrok etiş va kutilayotgan umr köriş davomiyligi kabi obektiv omillarni ham hisobga oladi.
MDH davlatlari orasida Qozoğiston yetakçi bölib qolmoqda – u 33-örinni egalladi va ötgan yilga nisbatan 10 poğonaga kötarilgan. Mintaqaning boşqa davlatlari quyidagiça joylaşdi:
- Qirğiziston – 66;
- Moldova — 77;
- Rossiya – 79.
Jahon birinçiligini ketma-ket töqqizinçi marta Finlandiya egallab turibdi. Kuçli beşlikka, şuningdek, Islandiya, Daniya, Kosta-Rika va Şvetsiya kirgan. Top-10 talikni Norvegiya, Niderlandiya, Isroil, Lyuksemburg va Şveytsariya yakunlab bergan. Röyxatning eng quyi qismida – 147-örinda Afğoniston eng baxtsiz mamlakat bölib qolmoqda. Şuningdek, reyting oxiridan Botsvana, Zimbabve, Malavi va Serra-Leone joy olgan.
Yangi maruzada raqamli texnologiyalarning yoşlar farovonligiga tasiriga alohida etibor qaratilgan. Tadqiqotçilar internetdagi faollik baxt darajasiga turliça tasir qilişini aniqlagan. Tarmoqdan talim, muloqot va kontent yaratiş uçun foydalaniş hayotdan yuqori qoniqiş bilan boğliq. Aksinça, ijtimoiy tarmoqlarni maqsadsiz “keziş” va öyinlar köpinça farovonlik hissining pasayişiga olib keladi.