Yana bir xalqaro reytingda natijalarimiz pasaydi
11-02-2026, 13:44
306 марта
Yana bir xalqaro reytingda natijalarimiz pasaydiTransparency International xalqaro nodavlat-notijorat taşkiloti xabariga köra, Özbekiston korruptsiya darajasi böyiça yana 3 poğona pastladi.
Uşbu xalqaro taşkilot 2025 yil yakunlari böyiça Korruptsiyani qabul qiliş indeksini elon qildi. Bu safar reytingda 182 ta davlatning körsatkiçlari keltirilgan.
Özbekiston 2025 yil yakunlari böyiça 31 ball (-1) bilan 124 örinni (-3) egallagan. Bu reytingda ikkinçi yil ketma-ket pasayişimiz. Bu qatorda Özbekiston bilan birga Belarus, Jibuti, Möğuliston va Turkiya bir xil ball töplagan. Postsovet hududida Estoniya eng yuqori (13-örin), Turkmaniston eng past (167-örin) körsatkiçga ega bölgan.
Reytingni xuddi 2024 yildagidek Daniya, Finlandiya va Singapur boşqarib turipti.
Özbekiston unda 31 ball bilan 124-örinda turibdi. Bu ötgan yilgiga nisbatan 1 ballga kamroq. Taqqoslaş uçun, Özbekiston bu indeksning 2016 yilgi hisobotida 21 ball bilan 156-örinda joylaşgan edi.
Keyingi yillardagi örinlar:
• 2017 yilda 157-örin (22 ball);
• 2018 yilda 158-örin (23 ball);
• 2019 yilda 153-örin (25 ball);
• 2020 yilda 146-örin (26 ball);
• 2021 yilda 140-örin (28 ball);
• 2022 yilda 126-örin (31 ball);
• 2023 yilda 121-örin (33 ball);
• 2024 yilda 121-örin (32 ball).
Malumot uçun, Korruptsiyani qabul qiliş indeksi Özbekiston rasmiylari muhim deb hisoblaydigan 15 reyting körsatkiçidan biri hisoblanadi.