USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston Korruptsiyani qabul qiliş indeksida 124-örinni egalladi

172 марта

Özbekiston Korruptsiyani qabul qiliş indeksida 124-örinni egalladi

Transparency International xalqaro nodavlat taşkiloti tomonidan Korruptsiyani qabul qiliş indeksining 2025 yil natijalari elon qilindi. Yangi reytingda Özbekiston uç poğona pastlab 182 ta davlat orasida 124-örinni egalladi.

100 ballik indeks böyiça Özbekiston 31 ball (bir yil avval — 32 ball edi) töplagan (bu yerda 0 — korruptsiyaning öta yuqori darajasi, 100 — öta past darajasi).

Qayd etilişiça, dunyoda korruptsiya darajasi, jumladan, demokratik mamlakatlarda ham, ösişda davom etmoqda. 2025 yilgi Korruptsiyani qabul qiliş indeksiga (KQI) köra, AQŞ, Kanada, Yangi Zelandiya hamda qator Yevropa mamlakatlarida körsatkiçlar yomonlaşgan.

2025 yilda korruptsiya böyiça örtaça jahon körsatkiçi 42 ballni taşkil etgan, bu sönggi ön yildan ortiq davrdagi eng past natija hisoblanadi. Dunyo mamlakatlarining uçdan ikki qismidan köproği 50 balldan kam natija körsatgan, 80 balldan yuqori ball olgan davlatlar soni esa ön yil içida 12 tadan 5 tagaça kamaygan.

Reytingda ketma-ket sakkiz yildan beri 89 ball bilan Daniya yetakçilik qilmoqda, undan keyingi örinlardan Finlyandiya (88) va Singapur (84) joy olgan.
182 ta davlat içida eng oxirgi örinlarni Janubiy Sudan (9 ball), Somali (9 ball) va Venesuela (10 ball) egalladi.

Rossiyaning Korruptsiyani qabul qiliş körsatkiçi 22 ballni taşkil etdi. Bu mamlakatni 182 davlat orasida 157-öringa qöyadi. Rossiya reytingda Gonduras, Zimbabve va Çad bilan bir örindan joy olgan.
Reytingda Markaziy Osiyo davlatlari — Qozoğiston 96-örin (38 ball), Qirğiziston 142-örin (26 ball), Tojikiston 166-örin (19 ball), Turkmaniston 167-örin (17 ball) va Afğoniston 169-örindan (16 ball) joy olgan.

Özbekiston uşbu reytingda 2023—2024 yillarda 121-örinni egallagan edi. Undan avvalgi yil esa 126-örinni qayd etgan

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: