USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Dunyo yetakçilari Şavkat Mirziyoyevni Navröz bilan tabrikladi

117 марта

Dunyo yetakçilari Şavkat Mirziyoyevni Navröz bilan tabrikladi

Dunyoning qator mamlakatlari yetakçilari Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevni Navröz ayyomi bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro taşkilotlar rahbarlari, taniqli siyosat va jamoat arboblarining qutlovlarida mamlakatda Yangi Özbekistonni barpo etiş, barqaror taraqqiyotni taminlaş va hayot sifatini yaxşilaşga qaratilgan keng kölamli islohotlarga yuksak baho berilgan.
Oçiq, tinçliksevar va pragmatik taşqi siyosat olib borilayotgani, mintaqaviy hamkorlik, yaxşi qöşniçilik va özaro anglaşuvni mustahkamlaşga qaratilgan taşabbuslar faol ilgari surilayotgani tufayli davlatning xalqaro maydondagi nufuzi izçil ösib borayotgani alohida takidlangan.
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin
“Bahorgi uyğoniş ramzi bölgan Navröz bayrami munosabati bilan samimiy tabriklarimni qabul qilgaysiz.
Rossiya va Özbekiston örtasidagi munosabatlar yuksak darajaga çiqqan. Strategik şeriklik va ittifoqçiligimizni bundan buyon ham döst xalqlarimiz farovonligi, Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlaş yölida faol rivojlantiramiz deb işonaman.
Uşbu qutluğ ayyomda Sizga mustahkam soğliq va muvaffaqiyatlar, barça hamyurtlaringizga esa baxt-saodat hamda farovonlik tilayman”, deyiladi tabrik xatida.
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpin 
“Oy taqvimi böyiça Yangi yil munosabati bilan yöllagan tabrigingiz uçun Sizga samimiy minnatdorlik bildirişga ijozat bergaysiz. Xitoy hukumati va xalqi nomidan Sizni, hukumatingizni va Özbekiston xalqini ananaviy bayramingiz – Navröz kirib kelişi munosabati bilan çin dildan qutlayman.
Men Xitoy – Özbekiston munosabatlarini rivojlantirişga alohida etibor qarataman.  Ötgan yili biz Siz bilan ikki marta uçraşib, turli sohalardagi hamkorlikni çuqurlaştiriş böyiça muhim kelişuvlarga erişdik. Bu yangi davrdagi Xitoy va Özbekiston örtasidagi barça şaroitda har tomonlama strategik şeriklik munosabatlarini yangi rivojlaniş bosqiçiga olib çiqdi.
Men strategik özaro işonç va ananaviy döstlikni doimiy ravişda mustahkamlaş, umumiy taqdirga ega Xitoy – Özbekiston hamjamiyatini qurişni çuqurlaştiriş va amaliy darajaga kötariş uçun har tomonlama hamkorlikni kengaytiriş borasida Siz bilan birgalikda işlaşga tayyorman.
Sizga mustahkam soğliq va faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman”, deyiladi tabrikda.
Saudiya Arabistoni Podşohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud
“Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuhu. Navröz bayrami munosabati bilan Siz Janobi Oliylariga eng samimiy tabriklar va ezgu tilaklarni izhor etişdan xursandmiz. Sizga sihat-salomatlik, birodar Özbekiston Respublikasi hukumati va xalqiga bardavom taraqqiyot va farovonlik tilaymiz. Siz Janobi Oliylariga salomlarimiz va ehtiromlarimizni qabul qilgaysiz”, deydi Saudiya Arabistoni Podşohi.
Saudiya Arabistoni Valiahdi, Vazirlar Mahkamasi Raisi Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud
“Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuhu. Navröz bayrami munosabati bilan Siz Janobi Oliylariga eng samimiy tabrik va tilaklarimni izhor etişdan xursandman.
Sizga sihat-salomatlik, baxtu saodat, qardoş Özbekiston Respublikasi hukumati va xalqiga bardavom yuksaliş va farovonlik tilayman.
Siz Janobi Oliylariga salomlarim va ehtiromlarimni qabul qilgaysiz”, deyiladi tabrikda.
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan
“Aziz qardoşim! Har yil tabiat uyğonişining timsoli bölgan Navröz bayrami munosabati bilan Siz Janobi Oliylariga va qardoş Özbekiston xalqiga xalqim va şaxsan öz nomimdan eng samimiy tabriklarimni izhor etaman.
Ildizlari uzoq ötmişga borib taqaladigan qadim Navröz ananamiz başariyatga umid va barokat xuşxabarini bermoqda. Muştarak madaniyat makonimizda nişonlanadigan mazkur bayramda döstlik va qardoşlik riştalarimizning yanada mustahkamlanişini tilayman.
Navröz hozirda ehtiyojimiz bölgan tinçlik, murosa va hamkorlikka bölgan umidlarni uçqunlatişi – eng katta orzumiz va tilagimizdir.
Bayram munosabati bilan Siz Janobi Oliylariga, oilangizga soğliq va baxt-saodat, qardoş Özbekiston xalqiga omonlik va farovonlikka töla kelajak tilayman”, deydi Turkiya yetakçisi.
Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev
“Hurmatli Şavkat Miromonoviç! Sizga va qardoş Özbekiston xalqiga Navröz bayrami munosabati bilan samimiy tabriklarim hamda eng ezgu tilaklarimni qabul qilgaysiz.
Yangilaniş, bunyodkorlik va farovonlikni özida mujassam etgan uşbu muqaddas bayram yuksak qadriyatlarga intiluvçi butun insoniyat hayotida alohida örin tutadi. Qutluğ bahor ayyomi Navröz qardoş xalqlarimizga iliqlik, möl-kölçilik, quvonç va farovonlik olib kelsin.
Birgalikdagi say-harakatlarimiz tufayli mustahkam döstlik va yaxşi qöşniçilikka asoslangan Qozoğiston – Özbekiston strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlari bundan buyon ham xalqlarimiz farovonligi yölida jadal rivojlanib borişiga işonaman.
Hurmatli Şavkat Miromonoviç, uşbu fursatdan foydalanib, Özbekiston ravnaqi yölidagi faoliyatingizda muvaffaqiyatlar, mamlakat xalqiga esa farovonlik va tökinlik tilayman.
Xalq baxtli-saodatli yaşasin, farovonlik esa tökin va möl bölsin!” deyiladi tabrik xatida.
Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov
“Hurmatli Şavkat Miromonoviç! Navröz bayrami bilan Sizni va butun qardoş Özbekiston xalqini çin dildan tabriklayman.
Bu yorqin va quvonçli bayram bahorda tabiat uyğonişi, birlik va döstlik, tinçlik va farovonlik ramzidir. Uşbu ayyom xalqlarimizni boğlaydigan köp asrlik döstlik va mehr-oqibat ananalarini özida mujassam etib, umumiy tarixga asoslangan qardoşlik munosabatlarini mustahkamlaydi.
Özaro hurmat, işonç va strategik şeriklikka asoslangan barça darajalardagi hamkorligimiz bundan buyon ham birgalikdagi say-harakatlar asosida davom etib, xalqlarimiz kelajagi porloq bölişini taminlaşga hissa qöşişiga işonçim komil.
Hurmatli Şavkat Miromonoviç! Sizga sihat-salomatlik va davlatçilik faoliyatingizda muvaffaqiyatlar, qardoş özbek xalqiga esa tinçlik va taraqqiyot tilayman”, deydi Qirğiz Respublikasi Prezidenti.
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon
“Xalqaro Navröz bayrami munosabati bilan eng ezgu va samimiy tilaklarga yöğrilgan qutlovlarimizni qabul qilgaysiz.
Qadimiy tarixga ega uşbu bayram madaniy meros va köp asrlik ananalarimiz muştarakligi ifodasi sifatida uni nişonlaydigan xalqlar örtasidagi aloqalarni tinçlik va xavfsizlik, yaxşi qöşniçilik, özaro hurmat va qöllab-quvvatlaş ğoyalari asosida mustahkamlaşda muhim rol öynaydi.
Navrözning boqiy bunyodkorlik ananalari bizni xalqlarimiz va mamlakatlarimiz örtasidagi döstlik riştalari hamda özaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlaş yölida tinimsiz say-harakat qilişga undaydi.
Tojikiston tomoni Özbekiston bilan strategik şeriklik va ittifoqçilik doirasidagi davlatlararo munosabatlarning bugungi darajasidan mamnun.
Işonçim komil, mamlakatlarimiz uşbu qadimiy bayramning yuksak umuminsoniy qadriyatlariga tayangan holda, köp qirrali munosabatlarni mazmunan boyitiş yölida bundan buyon ham birgalikda harakat qiladilar.
Uşbu qutluğ kunlarda Sizga mustahkam soğliq va masuliyatli davlatçilik faoliyatingizda yangi zafarlar, mamlakatingizning qardoş xalqiga esa baxt-saodat, farovonlik, tinçlik va barqarorlik, izçil taraqqiyot va ravnaq tilayman. Navröz muborak!” deyiladi tabrikda.
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov
“Xalqaro Navröz bayrami munosabati bilan Sizga va Siz orqali qardoş Özbekiston xalqiga samimiy tabriklarim va eng ezgu tilaklarimni yöllayman!
Dunyoning köplab mamlakatlarida keng nişonlanadigan uşbu gözal bayram bahorning boşlanişi va tabiatning uyğonişini anglatadi. Navröz bayrami turli xalqlar va madaniyatlar örtasidagi yaxşi qöşniçilik munosabatlarini mustahkamlaşda muhim örin tutadi. Uşbu yorqin bayram umid ramzi bölib, bugungi dunyoda insonparvarlik tuyğularini mustahkamlaşga undaydi.
Uşbu ajoyib bayram Siz va butun mamlakatingiz xalqi uçun baxt, quvonç va yangi muvaffaqiyatlar olib kelsin!” deydi Turkmaniston Prezidenti.
Turkman xalqining milliy yetakçisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov
“Xalqaro Navröz bayrami munosabati bilan Sizga samimiy tabriklarim va eng ezgu tilaklarimni yöllayman.
Navröz hayotga muhabbat va yaxşi kelajakka işonçning mustahkamlanişi ramzidir. Uşbu bayram köp asrlar davomida xalqlar örtasidagi döstlik va hamkorlikni mustahkamlaşga xizmat qilib kelmoqda.
Uşbu qutluğ ayyom Siz va butun mamlakatingiz xalqi uçun tinçlik, quvonç va yangi taşabbuslar bilan nişonlansin. Sizga mustahkam soğliq, baxt-saodat va masuliyatli davlatçilik faoliyatingizda yangi muvaffaqiyatlar tilayman”, deydi Gurbanguli Berdimuhamedov.
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev
“Aziz qardoşim! Sizga va qardoş Özbekiston xalqiga buyuk ajdodlarimizdan meros Navröz bayrami munosabati bilan şaxsan öz nomimdan va Ozarbayjon xalqi nomidan samimiy tabriklarimni yöllaş menga katta mamnuniyat bağişlaydi.
Bahor kelganidan darak beruvçi, tabiatga mehr, ruhiy poklik va yangilaniş şodiyonasi bölmiş uşbu milliy bayram qardoş xalqlarimizga farovonlik, baxt va fayzu baraka olib kelişini tilayman.
Biz döstlik va birodarlikning ajoyib namunasi bölgan Ozarbayjon – Özbekiston munosabatlarining kun sayin rivojlanayotgani hamda ittifoqimizning mustahkamlanayotganidan juda mamnunmiz. Işonçim komilki, umumiy kelib çiqiş, tarix va madaniyat riştalari bilan boğlangan qardoş Özbekiston bilan keng kölamli munosabatlarimizni davlatlarimiz manfaatlari va xalqlarimiz farovonligi yölida yanada çuqurlaştiriş böyiça birgalikdagi say-harakatlarimizni davom ettiramiz.
Uşbu fayzli kunlarda Sizga va oilangiz azolariga mustahkam soğliq va baxt-saodat, qardoş Özbekiston Respublikasi va uning xalqi ravnaqi yölidagi faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman”, deydi Ozarbayjon yetakçisi.
Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukaşenko
“Sizni odamlar qalbini samimiylik, quvonç, baxt va porloq kelajakka umid bilan töldiruvçi Navröz bilan çin qalbimdan tabriklayman.
Uşbu bayramga xos özaro hurmat va konstruktiv hamkorlik ğoyalarini qöllab-quvvatlagan holda, Belarus Özbekiston bilan döstlik va şeriklik munosabatlarini izçil mustahkamlab bormoqda. Davlatlararo muloqot va amaliy hamkorlikni rivojlantiriş bundan buyon ham fuqarolarimiz manfaatlariga xizmat qilişi va Yevroosiyoda barqarorlikni taminlaşga hissa qöşişiga işonaman. 
Hurmatli Şavkat Miromonoviç, uşbu muborak kunda Sizga mustahkam soğliq, masuliyatli faoliyatingizda tuganmas kuç-ğayrat va muvaffaqiyatlar, döst özbek xalqiga esa tinçlik va totuvlik tilayman”, deydi Lukaşenko.
Pokiston Islom Respublikasi Boş vaziri Şahboz Şarif
“Pokiston xalqi va hukumati nomidan, şuningdek, şaxsan öz nomimdan Siz, Janobi Oliylarini, yaqinlaringizni va qardoş Özbekiston xalqini Navröz va Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etaman va eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.
Navröz va Ramazon hayiti umuminsoniy qadriyatlar – tinçlik, mehr-oqibat, hamjihatlik va şukronalikni özida mujassam etadi. Uşbu quvonçli voqealar xalqlar örtasidagi totuvlik, özaro hurmat va hamkorlikka bölgan umumiy intilişimizni yangilaş imkonini beradi.
Siz, Janobi Oliylarining joriy yil fevral oyida Pokistonga amalga oşirgan tarixiy taşrifingizni mamnuniyat bilan eslayman, yaqin kunlarda ikki tomonlama aloqalarimizni yanada mustahkamlaş uçun oliy darajadagi almaşinuvlarni davom ettirişimizni intiqlik bilan kutaman.
Fursatdan foydalanib, Siz, Janobi Oliylariga mustahkam soğliq va farovonlik, qardoş Özbekiston xalqiga esa bardavom tinçlik, taraqqiyot va ravnaq tilayman. Janobi Oliylari, Sizga bölgan yuksak ehtiromimni qabul qilgaysiz”, deyiladi tabrik maktubida.
Şuningdek, quyidagilar öz qutlovlarini yöllagan:
Qozoğiston Respublikasining birinçi Prezidenti Nursulton Nazarboyev,
Birlaşgan Arab Amirliklari Boş vaziri örinbosari, içki işlar vaziri Şayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon,
Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos,
Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov,
Şanxay hamkorlik taşkiloti boş kotibi Nurlan Yermekbayev,
Turkiy davlatlar taşkiloti boş kotibi Kubaniçbek Omuraliyev,
Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi azo davlatlari Parlamentlararo assambleyasi boş kotibi Dmitriy Kobitskiy, 
Şanxay hamkorlik taşkilotining Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qömitasi direktori Ularbek Şarşeyev,

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: