USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonliklar moliyaviy bosimni qanday his qilmoqda?

39 марта
Özbekistonliklar moliyaviy bosimni qanday his qilmoqda?

Özbekistonda aholining katta qismi kundalik xarajatlarni qoplaşda qiyinçilikka duç kelmoqda. Bu tadqiqotlarda öz aksini topgan. Markaziy bank va Osiyo taraqqiyot banki hamkorligida ötkazilgan sörov natijalariga köra, iştirokçilarning 44 foizi sönggi bir yil davomida daromadlari yaşaş xarajatlariga yetmayotganini bildirgan.

Tadqiqot mualliflari bu raqamni faqat rasmiy daromadlar bilan emas, balki odamlarning öz moliyaviy ahvolini qanday his qilişi bilan ham boğlagan. Yani, gap faqat raqamlarda emas, odamlar moliyaviy bosimni qanday his qilişi ham tekşirilgan. Bu jihatdan qaraganda, mamlakatda rasman qaşşoqlik darajasi 8,9 foizni taşkil etsa-da, özini qiyin ahvolda deb hisoblovçilar soni bundan ança yuqori.


Yoş toifalari kesimida esa, eng köp moliyaviy qiyinçilik 31-45 yoşdagilar orasida kuzatilgan. Ular 48 foizni taşkil etmoqda. Eng past körsatkiç 60 yoşdan oşganlar orasida kuzatilgan, ular 42 foiz. Mutaxassislar buni nafaqa daromadlarining nisbatan barqarorligi bilan izohlagan.

Odamlar bu vaziyatdan çiqiş uçun turli yöllarni tanlaşmoqda. Bazilar daromadlarini tejaş bilan, boşqalar esa, jamğarmalarini sarflaş orqali moliyaviy holatini yaxşilaşga urinmoqda.

Sörovda iştirok etganlarning 36 foizi xarajatlarni qisqartirişini aytgan, 9 foizi esa qiyin vaziyatlarda öz jamğarmalariga murojaat qilişgan. Yana bir qism fuqarolar öz mulklarini sotişga majbur bölgan, ayrimlar esa qarzlarni keçiktiriş yoki umuman tölamaslik yölini tanlagan.
Tadqiqotda yana bir tendentsiya – “bugun bilan yaşaş” kayfiyati keng tarqalgani qayd etilgan.

Iştirokçilarning 73 foizi “ertaga nima bölişini öylamayman” degan fikrni bildirgan. Bu körsatkiç, xususan işsizlar va oliy malumotli bölmaganlar orasida yuqori. Toşkent şahrida esa bunday qaraş nisbatan pastroq.
Şu bilan birga, jamiyatda tejaşdan köra sarflaşga moyillik ança yuqoriligi qayd etilgan. 

Sörov qatnaşçilarining 44 foizi “pulni tejagandan köra sarflaşni afzal köraman”, degan fikrni bildirgan. Bu ayniqsa, şahar aholisi va erkaklar orasida köproq uçraydi.

Moliyaviy barqarorlikni ölçaş uçun berilgan savollar orasida “Qisqa vaqt içida 1,5 million söm topiş imkoni bormi?”, degan savolga har uç odamdan biri bu summani topişda jiddiy qiyinçilikka duç kelişini aytgan. Eng köp tarqalgan yöl esa, oila va döstlardan yordam söraş bölib çiqqan. 37 foiz odam şu variantni tanlagan bölsa, 13 foiz odam bu pulni öz mehnati orqali topişini aytgan. 6 foiz iştirokçi esa, umuman bunça mablağni topa olmasligini bildirgan. 

Şuningdek, iştirokçilarning 72 foizi daromaddan mahrum bölgan taqdirda ham kamida bir oy davomida özini qandaydir yöl bilan taminlay olişini aytgan. Bu esa, aholining malum darajada moslaşuvçanligi va zaxira rejalari borligini körsatadi.

Mutaxassislar uşbu natijalar moliyaviy barqarorlik faqat daromad miqdoriga emas, balki talim, iş bilan bandlik va hatto fikrlaş tarziga ham bevosita boğliqligini körsatişini takidlamoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: