Endi jarima avtomobil egasiga emas, qoidabuzar haydovçiga beriladi
1-04-2026, 13:09
474 марта
Endi jarima avtomobil egasiga emas, qoidabuzar haydovçiga beriladiÖzbekistonda transportni boşqariş huquqini olgan şaxslarga yöl qoidalari buzilganligi uçun javobgarlikni ötkaziş tartibi belgilandi.
Hukumat qaroriga köra, 2026 yil 1 apreldan tegişli transportni fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida boşqariş hamda ulardan foydalaniş huquqini olgan şaxslarga yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun javobgarlik ötkazilgani haqida Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmati organlarini xabardor qiliş imkoniyati yaratiladi.
Qaror bilan tasdiqlangan nizomga köra, xabardor qiliş YaIDXP (my.gov.uz) yoki Jamoat xavfsizligi departamenti Yöl harakati xavfsizligi xizmatining mobil ilovasi orqali amalga oşiriladi. Xabardor qiliş xizmatidan foydalaniş uçun transport egasi YaIDXP yoki mobil ilovada şaxsiy kabinet oçgan holda sörovnoma töldiradi va unda boşqariş huquqini beriş muddatini körsatib ötadi.
Boşqariş huquqini olgan şaxs sörovnomani tasdiqlaş orqali kelgusida unga nisbatan jarima soliş töğrisida qaror rasmiylaştirilib borilişiga roziligini elektron raqamli imzo yoki Mobile-ID yoxud Face-ID orqali tasdiqlaydi. Xabardor qiliş xizmati uçun BHMning 10 foizi (42 00 0 söm) miqdorida yiğim undiriladi.