Qöşiqçi soliq tölamasinmi? Töydan 500 dollardan 15 ming dollargaça pul olib, yana imtiyoz söraş qançalik töğri?
1-04-2026, 22:01
66 марта

Qöşiqçi soliq tölamasinmi? Töydan 500 dollardan 15 ming dollargaça pul olib, yana imtiyoz söraş qançalik töğri?
Özbekistonda 2026 yil 1 sentyabrdan boşlab sanatkorlar, boşlovçilar va kontsert-tomoşa sohasida xizmat körsatuvçi boşqa ijroçilarning har bir xizmati “Soliq” mobil ilovasida röyxatdan ötkazilişi mumkin. Jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan loyihaga köra, endi töy, yubiley, sunnat töyi, nikoh marosimlari, restoran va boşqa tadbirlardagi har bir çiqiş “bir xizmat — bir tölov” tamoyili asosida soliqqa tortilişi rejalaştirilgan.Bu taşabbus ortidan ayrim sanatkorlar ijtimoiy tarmoqlarda çiqiş qilib, yangi tartibni qayta körib çiqişni söramoqda. Xonanda Samandar Hamroqulov sanatkorlarning asosiy daromad manbai töy ekanini, köpçiligi qarzdorlikda yaşaşini aytdi. Şarof Muqimov esa sanatkorlarning oğir hayoti, sahna ortidagi maşaqqati, hatto tirikçilik uçun taksi haydaşgaça tuşib qolayotgani haqida gapirdi.
Lekin masalaga bir yoqlama hissiyot bilan emas, adolat nuqtai nazaridan qaraş kerak. Bugun bitta qöşiqçi bir töydan kamida 500 dollar, ayrim hollarda esa 10–15 ming dollargaça xizmat haqi söraydi. Bu mablağni zavodda işlayotgan işçi, maktabdagi öqituvçi, poliklinikadagi hamşira yoki mahalladagi farroş oylab işlab ham topolmaydi. Şunday ekan, nega aynan qöşiqçi yoki boşlovçi bir neça soatlik çiqişi orqali işlab topgan pulidan soliq tölamasligi kerak?
Bugun 500 ming oylik oladigan farroş ham, 2 million maoş oladigan qorovul ham soliq tölaydi. Xususiy tadbirkor ham, dökonçi ham, haydovçi ham, quruvçi ham soliq tölaydi. Ulardan heç kim “mening işim oğir”, “mening ham qarzim bor”, “mening ham tirikçiligim qiyin” degan bahona bilan soliqdan ozod qilinmaydi. Nega endi sahnaga çiqqan sanatkor uçun boşqaça qoida bölişi kerak?
Ayrim sanatkorlar murojaatlarida “bizning qöşiqlarimiz yoşlarni tarbiyalaydi”, “sanat mafkura uçun xizmat qiladi” degan fikrlarni ham aytmoqda. Ammo bu yerda yana bir haqqoniy savol tuğiladi: bugungi kunda qaysi qöşiq yoşlar tarbiyasiga jiddiy ijobiy tasir körsatyapti? Oçiğini aytganda, “maydon”ni töldirib yurgan qöşiqlarning katta qismi çuqur mano, tarbiya yoki mafkuraviy yuk emas, balki yengil-yelpi, “oldi-qoçdi” mazmundagi mahsulotlardan iborat. Qisqa vaqt içida töybop böliş, trendga çiqiş va tez pul işlaş uçun yozilayotgan qöşiqlarni “millat tarbiyasiga xizmat qilayotgan ijod” deb körsatiş qançalik haqiqatga yaqin?
Yana bir muhim jihat bor: töylarda jonli ijro ham emas, deyarli fonogramma orqali aytiladigan qöşiqlar uçun katta pul olinadi. Yani bazan sanatkor bir neça qöşiqni tayyor ovoz yozuvi bilan ijro qilib, bir keçada oddiy insonning bir neça oylik daromadiga teng haq oladi. Endi şunday xizmatdan davlatga soliq tölaş talab qilinişi ğayritabiiymi?
Albatta, bu sohada hammani bir xil deb bölmaydi. Hamma sanatkor ham boy emas, hamma ham bir xil pul topmaydi. Ammo muammo ham aynan şunda: yillar davomida sohada naqd pul aylanmasi bölib keldi, daromadlar köp hollarda oçiq hisob-kitobsiz belgilandi, xizmat haqining real hajmi aks etmay qoldi. Endi esa şu tartib özgarmoqçi bölganda, “bizga yengillik bering” degan murojaatlar köpaymoqda.
Töğri, yangi tartibning özi ham savollardan xoli emas. Har bir xizmatni ilovada röyxatga oliş, reyting va hududga qarab tölov belgilaş, röyxatdan ötmagan çiqiş uçun katta jarima qöllaş kabi normalar amalda qanday işlaşi alohida muhokamaga arziydi.
Ammo şu bahona bilan asosiy printsip özgarmaydi: sanatkor ham soliq tölaşi şart. Sanatkorlik istedod bölişi mumkin, obrö bölişi mumkin, xalq oldida taniliş bölişi mumkin. Ammo bu soliq tölamaslik uçun asos emas. Qonun oldida qöşiqçi ham, farroş ham, qorovul ham, tadbirkor ham teng bölişi kerak.
Şuning uçun bugungi bahsning mohiyati bitta savolga borib taqaladi: sanatkorlar jamiyatdagi boşqa kasb egalari kabi teng majburiyatni tan oladimi yoki yöq? Agar javob “ha” bölsa, unda töydan 500 dollardan 15 ming dollargaça pul topadigan ijroçilarning soliq tölaşi ham tabiiy, ham adolatli talabdir.
Hurmatli sanatkorlar! Özbekistonda deyarli hammaning krediti bor, juda köpçilik bölib tölaşga olib, qarz tölaydi. Sizçalik qimmatbaho kiyimlar kiyib, qimmatbaho maşinalarda yurmasa-da, sizçalik köp haq olmasa-da, boşqalar ham qarz tölayapti, yaşayapti va topgan daromadidan soliq tölamoqda. Hatto gözallik salonlarida ham topilgan daromadidan hodimlar soliq tölaşadi. Şuningdek, öqituvçilar, jurnalistlar, şifokorlar, yana köplab soha vakillari ham yoşlarimiz, umuman xalq manaviyatiga çeksiz hissa qöşişadi. Qolaversa, hozirda juda katta qism özini sanatkor sanab, töylarda yurganlar yoşlar manaviyatiga aksinça tasir körsatayotgani heç kimga sir emas.
Şunday ekan, fuqarolik burçingizni bajarişdan qoçmang, zero, şu paytgaça soliq yukini his qilmay faoliyat yuritganingiz uçun minnatdor böling. Zero, soliqlar - yurtimiz rivojining asosiy manbaidir.
Ötkir Nazar