Endi ariq va irrigatsiya tizimlarini kömib taşlaganlar jarimaga tortiladi
5-04-2026, 13:37
227 марта
Endi ariq va irrigatsiya tizimlarini kömib taşlaganlar jarimaga tortiladiÖzbekistonda ariqlar, irrigatsiya tizimlarini kömib taşlaganlar endi jarimaga tortiladi. Bu haqda 28 iyundan kuçga kiradigan qonunda belgilandi.
Hujjat bilan Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga bir qator özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda. Xususan, 74-modda (suvdan foydalaniş va suv istemoli qoidalarini buziş) töldirilib, aholi punktlaridagi va tuman (şahar) markazlaridagi ariqlarni, irrigatsiya tizimlarini kömib taşlaş fuqarolarga bazaviy hisoblaş miqdorining 1 baravaridan 3 baravarigaça (412 ming sömdan 1 mln 236 ming sömgaça), mansabdor şaxslarga esa — 5 baravaridan 10 baravarigaça (2 mln 60 ming sömdan 4 mln 120 ming sömgaça) miqdorda jarima solişga sabab bölişi belgilandi.
Suniy suv oqimlari (oçiq va yopiq kanallar, kollektor-drenaj tarmoqlari), suv havzalari (suv omborlari, sel suvlari töplanadigan joylar, hovuzlar va boşqalar) hamda boşqa suniy suv obektlaridan olinadigan suvdan foydalaniş va suv istemoli qoidalarini buziş, yani suvdan xöjasizlarça foydalaniş, suvlarning va suv obektlarining holatiga tasir etuvçi gidrotexnika işlarini va boşqa işlarni özboşimçalik bilan bajariş, suv obektlaridan belgilangan suv oliş limitlari, suvdan foydalaniş va suv istemoli rejalarini buzganlik uçun jarima miqdori oşiriladi.
Amalda fuqarolarga BHMning 1 baravaridan 3 baravarigaça, mansabdor şaxslarga 5 baravaridan 10 baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab bölsa, 28 iyundan bu miqdor fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigaça (1 mln 236 ming sömdan 2 mln 60 ming sömgaça), mansabdor şaxslarga esa 7 baravaridan 10 baravarigaça (2 mln 884 ming sömdan 4 mln 120 ming sömgaça) böladi.
Yuqoridagi huquqbuzarliklar mamuriy jazo çorasi qöllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bölsa, fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 7 baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa — 10 baravaridan 20 baravarigaça (8 mln 240 ming sömgaça) miqdorda jarima solişga sabab böladi.