USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Endi talabalarni öqiş bilan boğliq bölmagan işlarga jalb etiş mumkin emas

178 марта
Endi talabalarni öqiş bilan boğliq bölmagan işlarga jalb etiş mumkin emas

Oliy talim sohasini tartibga soluvçi yangi meyoriy hujjat qabul qilindi. Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berişiça, 2026 yil 3 aprel kuni mazkur hujjat davlat röyxatidan ötkazilgan.

Yangi tasdiqlangan nizomda oliy talim tizimini taşkil etiş, talim jarayonini yölga qöyiş, boşqaruv va moliyaviy munosabatlar, şuningdek, talabalar va pedagog xodimlarning huquq va majburiyatlari aniq belgilab berilgan.


Hujjatga köra, talabalar quyidagi huquqlarga ega böladi:
— talim sifatini oşiriş böyiça takliflar kiritiş;
— talim jarayoniga oid muhokamalarda iştirok etiş;
— kutubxona va axborot resurslaridan bepul foydalaniş;
— xalqaro almaşinuv va qöşma talim dasturlarida qatnaşiş;
— oliy talim muassasasi qarorlari ustidan şikoyat qiliş;
— mehnat qonunçiligi asosida işlaş;
— kunduzgi talim şaklida tahsil oluvçilar uçun stipendiya oliş.

Şu bilan birga, talabalarni talimga aloqador bölmagan işlarga jalb etiş qatiyan taqiqlandi.

Yangi nizomga muvofiq, talim jarayoni milliy kredit-modul tizimi asosida taşkil etiladi va u Yevropa kredit transfer tizimi talablariga moslaştiriladi.
Oliy talim bakalavriat (kamida 3 yil) va magistratura bosqiçlarida amalga oşiriladi.

Şuningdek, sirtqi talim kunduzgi talimga nisbatan kamida 1 yilga, keçki talim esa kamida yarim yilga uzoq bölişi belgilandi.

Oliy talim muassasalarida talim quyidagi şakllarda taşkil etiladi:
— kunduzgi;
— masofaviy;
— dual;
— inklyuziv.

Yangi hujjatga köra, oliy talim taşkilotlariga akademik, taşkiliy va moliyaviy mustaqillik beriladi. Şu bilan birga, talim dasturlari mehnat bozori talablariga moslaştirilib, iş beruvçilar bilan hamkorlikda işlab çiqiladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: