Zargar tadbirkorlarga QQSning bir qismi qaytariladi
10-04-2026, 06:46
42 марта
Zargar tadbirkorlarga QQSning bir qismi qaytariladiÖzbekistonda zargarlik bilan şuğullanuvçi tadbirkorlarga QQSning bir qismi qaytariladi. Bu haqda hukumatning 2024 yil 7 noyabrdagi 745-son qaroriga kiritilgan qöşimçalar bilan “Zargarlik faoliyati bilan şuğullanuvçi tadbirkorlik subektlariga byudjetga tölangan qöşilgan qiymat soliğining bir qismini qaytariş hamda qöşilgan qiymat soliği bazasini aniqlaş tartibi töğrisida”gi vaqtinçalik nizom tasdiqlandi.
Unga köra, zargarlik buyumlarini işlab çiqariş va (yoki) ularni çakana sotiş faoliyati bilan şuğullanuvçi tadbirkorlarga 2026 yil 1 yanvardan soliqning 80 foizi respublika byudjetidan qaytariladi.
Tadbirkor soliq hisobotini taqdim etgandan söng, lekin 3 oydan keçiktirmasdan tölangan soliqning bir qismini qaytariş uçun murojaat qilişga haqli. Tölangan soliqning bir qismini qaytariş uçun murojaat avtomatlaştirilgan dastur orqali körib çiqiladi.
Soliqning bir qismi quyidagi şartlar töliq bajarilganda avtomatik ravişda qaytariladi:
- hisobot davrida taqdim etilgan soliq hisobotiga muvofiq hisoblangan soliq uşbu hisobot davrining 1-sanasidan 20-sanasiga qadar byudjetga töliq tölanganda;
- hisobot davrida soliq davrida zargarlik buyumlarini özida işlab çiqarilgan va (yoki) sotişdan (realizatsiya) qilişdan umumiy tuşum tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilişdan olgan daromadning kamida 80 foizini taşkil qilganda;
- hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi çeklarida realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasi hamda faoliyatning öziga xos xususiyatlariga yoki amalga oşiriladigan turlariga muvofiq bölgan identifikatsiya kodlari aks ettirilgan qismiga nisbatan.