USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Dunyo mamlakatlarida göşt narxi qanday? Özbekistonda-çi?

1 068 марта
Özbekiston dunyoning göşt eng arzon sotiladigan davlatlari qatorida bölib, Markaziy Osiyo mamlakatlari içida Qirğizistondan keyingi ikkinçi örinni egallaydi. Bu haqda Qişloq xöjaligi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, sönggi yillarda göşt narxining oşişi global miqyosda kuzatilmoqda. BMTning Xalqaro oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkilotiga köra, buning bir neça omillari mavjud:

  • Birinçidan, dunyoda göşt işlab çiqariş hajmi sekinlaşmoqda;
  • Ikkinçidan, yirik import qiluvçi davlatlarda talab yuqori;
  • Bundan taşqari, ozuqa xomaşyosi va transport xarajatlarining ortişi ham narxlarga tasir körsatmoqda.
Masalan, Rossiyada tovuq göşti narxi joriy yilning boşidan buyon 9,7 foizga, Qozoğistonda esa 4,7 foizga oşgan. Umuman olganda, Özbekistonda göşt narxi mintaqaviy tendentsiyalar doirasida saqlanmoqda va global bozor tebranişlariga nisbatan barqarorlikni namoyon qilmoqda.

Mutaxassislarning fikriça, ayni paytda Özbekistondagi bozorlarning arzonlaştirilgan rastalarida 1 kg mol va qöy göşti örtaça 65-75 ming, savdo rastalarida 90-95 ming, savdo markazlarida esa 95-100 ming sömdan sotilmoqda.

Toşkent şahridagi arzonlaştirilgan rastalarda 65-75 ming sömlik göştni xaridorlarning 15-18 foizini, 90-95 ming sömlik rözğorbop göşt esa 82-85 foizini, 110-130 ming sömlik suyaksiz (lahm) göşt esa atigi 1-2 foizini taşkil etadi.

Yana bir jihat, poytaxt bozorlarida göştni aholining xarid qobiliyatiga mos ravişda qismlarga bölib sotiş yölga qöyilgan. Jumladan, göşti ajratilgan suyak (ragu) 25-30 ming söm, qovurga 85-95 ming söm, suyaksiz göşt (lahm) esa 110-130 ming söm atrofida.
Rossiyada 1 kg mol göşti 10-12, Belarusda 6-8, Qozoğistonda 7-11, Tojikistonda 8-10, Gruziyada 9,5-12, Ozarbayjonda 9,5-12,5, Turkiyada 12-14 dollar, şuningdek, iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar Şvetsiyada 46,2, Islandiyada 38,86, Janubiy Koreyada esa 28 dollar atrofida sotilmoqda.

“Bundan kötinib turibdiki, Özbekiston dunyoning göşt eng arzon sotiladigan davlatlari qatorida bölib, Markaziy Osiyo mamlakatlari içida Qirğizistondan keyingi ikkinçi örinni egallaydi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Göşt işlab çiqarişga bevosita tasir körsatuvçi omillarni ham tahlil qilinadigan bölsa, 2025 yilning birinçi çoragida göşt işlab çiqariş bilan boğliq xarajatlar – jumladan, yem-ozuqa, elektr energiyasi va yoqilği-moylaş materiallarining narxlari keskin oşgan.

Şuningdek, çorvaçilikda göşt yetiştiriş uçun kuçli ozuqaga bölgan talabning yuqoriligi, ozuqa yetiştiriş uçun yer maydonlarining yetişmasligi tufayli çorva mollarini ozuqa bilan taminlaniş darajasining 35-40 foizini taşkil etmoqda.

2024 yilning oktyabr oyidagi narxlar bilan soliştirilganda, bugungi kunda şrot narxi 3 ming sömdan 7 ming sömga, şeluxa 2800 sömdan 4 ming sömga, omuxta yem 2900 sömdan 3700 sömga, buğdoy 2200 ming sömdan 3500 ming sömga, makkajöxori silosi 500 sömdan 900-1000 sömga, somon 15 ming sömdan 25 ming sömga, beda esa 25 ming sömdan 45 ming sömga oşgan.
2024 yilda umumiy 2 million 900 ming tonna tirik vaznda (1 million 700 ming tonna söyilgan vaznda) göşt işlab çiqarilgan. 93 ming tonna göşt import qilingan. Işlab çiqarilgan göştga nisbatan import salmoği 5,4 foizni taşkil qilgan.

Import qilingan göştning 70 foizi qayta işlaş korxonalariga yönaltirilgan bölsa, qolgan qismi Toşkent şahrining dehqon bozorlaridagi arzonlaştirilgan rastalarda sotilgan.

Sönggi beş yilda çorvaçilik sohasida olib borilgan islohotlar natijasida çorvaçilik korxonalarida mol soni ikki barobar, işlab çiqarilayotgan çorvaçilik mahsulotlari hajmi esa uç barobar oşgan.

Naslçilik korxonalari soni 400 tadan 1900 taga yetkazilgan bölsa, zoti yaxşilangan qoramollar uluşi 30-35 foizdan 70-75 foizga kötarilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: