DXX ogohlantiriş bilan çiqdi
14-04-2026, 10:30
646 марта

DXX ogohlantiriş bilan çiqdi
Davlat xavfsizlik xizmati özbekistonliklarni xorij raqamlari orqali bölayotgan şubhali qönğiroqlardan ogohlantirdi.Malum qilinişiça, mazkur holatlar yuzasidan mutaxassislar tomonidan ötkazilgan tahlillar natijasida quyidagilar aniqlangan:
- bunday qönğiroqlar oddiy telefon emas, balki internet va maxsus dasturlar orqali amalga oşiriladi. Firibgarlar uşbu tizimlar yordamida özlarining haqiqiy raqamlarini yaşirib, telefon ekranida istalgan davlatning soxta raqamini körsatişlari mumkin;
- ular qönğiroqni internet orqali yuborib, raqamni avvaldan soxtalaştirib qöyganliklari bois mobil kompaniyalar tizimida bu qönğiroqni kim va qayerdan amalga oşirganligini aniqlaş muşkul;
- bunday raqamlar xususida maxsus bazalarda heç qanday malumot bölmaydi. Bu esa ularning aslida SIM-karta emasligini, balki qönğiroq paytida soxtalaştirilgan va vaqtinçalik raqamlar ekanligini anglatadi.
- bunday xorijiy raqamlarga qönğiroq qiliş telefon balansidagi mablağning yeçib olinişiga sabab böladi;
- firibgarlar özlarini turli taşkilot xodimi sifatida taniştirib, şaxsiy malumotlar va bank kartasi kodlarini bilib olişga urinadi;
- göşakni kötariş raqamingizning “faol” ekanligini bildiradi va natijada sizga böladigan firibgarlik hujumlari soni keskin ortadi;
- sizning ovozingiz yozib olinib, keyinçalik suniy intellekt yordamida soxtalaştiriş orqali yaqinlaringizni aldaş uçun işlatilişi mumkin.