USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şavkat Mirziyoyev Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidentini mukofotladi

42 марта

Şavkat Mirziyoyev Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidentini mukofotladi

Bugun, 15 aprel kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev yoşlar örtasidagi jahon çempionati doirasida mamlakatda bölib turgan Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti Ço Çung Vonni qabul qildi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar bredi.

Sönggi yillarda Özbekistonda taekvondo bilan muntazam şuğullanuvçilar soni deyarli ikki baravarga oşib, 35 ming nafarga yetdi. Özbekistonliklar Parijdagi Olimpiya va Paralimpiya öyinlarida uşbu sport turi böyiça umumjamoa hisobida faxrli uçinçi örinni qölga kiritdi.

Uçraşuv davomida Ço Çung Von Özbekistonda sportni jadal rivojlantiriş, yoşlar orasida jismoniy tarbiyani tarğib etiş, zamonaviy infratuzilmani yaratiş borasida amalga oşirilayotgan islohotlarni yuqori baholagan.

Tomonlar hamkorlikni yanada kengaytiriş, jumladan, professional sportçilar va hakamlarni tayyorlaş, yuqori texnologiyalar, suniy intellekt, sport tibbiyoti borasida ilğor tajribalarni almaşiş va nufuzli xalqaro musobaqalarni Özbekistonda muntazam ötkaziş masalalarini muhokama qilgan.

Uçraşuv yakunida Özbekiston Prezidenti mamlakatda taekvondoni ommalaştirişga qöşgan şaxsiy hissasi, sport orqali jahon xalqlarining özaro döstlik va hamjihatlik aloqalarini kuçaytiriş borasidagi katta xizmatlari uçun Ço Çung Vonni Özbekistonning yuksak mukofoti – “Döstlik” ordeni bilan taqdirlagan.
Ço Çung Von, öz navbatida, Prezident Şavkat Mirziyoyevga sportni rivojlantirişga qöşgan ulkan hissasi uçun Butunjahon taekvondo federatsiyasi tomonidan tasis etilgan oliy şaxsiy mukofot – Şon-şaraf ordenini topşirdi.

Uşbu orden ilk bor aynan Özbekiston rahbariga taqdim etilgani, bu mamlakatda sportni, xususan, taekvondoni rivojlantiriş, yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini keng tarğib qiliş borasida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarning xalqaro miqyosda etirof etilganidan dalolat berişi takidlangan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: