Prezident Farrux Zokirovni “Buyuk xizmatlari uçun” ordeni bilan mukofotladi
15-04-2026, 22:45
126 марта

Prezident Farrux Zokirovni “Buyuk xizmatlari uçun” ordeni bilan mukofotladi
Bugun, 15 aprel kuni Köksaroy qarorgohida Prezident Şavkat Mirziyoyev iştirokida milliy estrada sanatining yorqin namoyandasi, Özbekiston xalq artisti Farrux Zokirovning 80 yillik tavallud ayyomi munosabati bilan tantanali tadbir bölib ötdi. Tadbir davomida Farrux Zokirov “Buyuk xizmatlari uçun” ordeni bilan mukofotlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilişiça, unda davlat va jamoat arboblari, madaniyat va sanat namoyandalari, ijodkor ziyolilar, “Yalla” ansambli azolari hamda keng jamoatçilik vakillari iştirok etgan.

Davlat rahbari sözga çiqib, Farrux Zokirovni uşbu qutluğ sana bilan samimiy qutlagan, unga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va yangi-yangi ijodiy yutuqlar tilagan.
Şuningdek, Zokirovlar sulolasi köp yillardan buyon milliy musiqa va qöşiqçilik sanatining rivojiga beqiyos hissa qöşib kelayotgani takidlangan. Özbekiston xalq artisti Karim Zokirov asos solgan sanat maktabi, milliy özbek estradasi asosçilaridan biri Botir Zokirovning boy ijodiy merosi xalqning ulkan manaviy boyligi sifatida yuksak qadrlanişi qayd etilgan.

Butun bir oila va avlodning öz umrini sanat va madaniyat ravnaqiga bağişlaşi dunyoda kam uçraydigan noyob hodisa ekani alohida qayd etilgan. Farrux Zokirov ana şu uluğ ananalarni munosib davom ettirib, milliy estrada sanatini yangi bosqiçga olib çiqqan sanatkor sifatida etirof qilingan.

Tadbirda Farrux Zokirov nafaqat özbek xalqi, balki butun Markaziy Osiyo, Hamdöstlik mamlakatlari va turkiy ellarning sevimli sanatkori ekani takidlangan. Uning Özbekiston va Qoraqalpoğiston xalq artisti degan faxriy unvonlar bilan bir qatorda Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Tatariston, Boşqirdiston va Inguşetiya xalq artisti degan yuksak unvonlarga sazovor bölgani uning ijodiga berilgan katta baho sifatida qayd etilgan.
“Bugun Farrux Zokirov deganda “Yalla” ansambli, “Yalla” deganda esa Farrux Zokirov siymosi köz oldimizda gavdalanadi. Mana 55 yildirki, uşbu maşhur jamoa nafaqat mamlakatimizda, balki dunyoning nufuzli sahnalarida ham gözal qöşiqlar kuylab, millionlab muxlislar mehrini qozonib kelmoqda. “Yalla” ansambli jamoaviy estrada ijroçiligini yölga qöyib, yurtimiz sanati va madaniyati tarixida butunlay yangi sahifa oçdi. Bugun xalqimizning bayramlari, muhim tadbirlari va qutluğ ayyomlarini uşbu ansambl ijrosidagi qöşiqlarsiz tasavvur etib bölmaydi”, deyiladi xabarda.

