Özbekistonda 9 may arafasida uruş qatnaşçilariga qança pul berilişi aytildi.
16-04-2026, 20:29
634 марта
Özbekistonda 9 may arafasida uruş qatnaşçilariga 30 mln söm tölanadiŞuningdek, mustaqillik yillarida xizmat burçini bajariş çoğida halok bölganlar oilalariga ham moddiy yordam körsatiladi.
Payşanba kuni ötkazilgan yiğilişda Özbekiston Prezidenti, Qurolli Kuçlar Oliy Boş Qömondoni Şavkat Mirziyoyevga 9 may — Xotira va qadrlaş kuniga tayyorgarlik işlari haqida axborot berildi.
Joriy yilda bayram munosabati bilan Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari va nogironlarining har biriga 30 million söm miqdorida bir martalik pul mukofoti tölaş taklif etildi.
Bundan taşqari, uşbu kunda uruş qatnaşçilari, mehnat fronti faxriylari, keksa avlod va ustozlarga alohida etibor va hurmat körsatiladi. Yolğiz va kam taminlangan faxriylar uy-joylari obodonlaştirilib, turli xotira va tantanali tadbirlar ötkaziladi.
Şu bilan birga, mustaqillik yillarida xizmat burçini bajariş vaqtida halok bölgan Vatan fidoyilarining xotirasi abadiylaştiriladi. Ularning oilalariga moddiy va manaviy kömak beriladi.
Harbiy xizmatçilarning jasorati va mardligini uluğlaşga qaratilgan manaviy-marifiy hamda vatanparvarlik tadbirlari ham rejalaştirilgan.
Mamlakat böylab «Burç, jasorat, matonat!» şiori ostida madaniy-marifiy tadbirlar, uç avlod uçraşuvlari, ijodiy keçalar, tanlovlar va ommaviy sport musobaqalari taşkil etiladi.
Yiğiliş yakunida Prezident tomonidan tegişli hujjatlar imzolandi.