Mudofaa vazirligi ofitserlari ustamasi 2 baravar oşiriladi
17-04-2026, 09:09
202 марта

Mudofaa vazirligi ofitserlari ustamasi 2 baravar oşiriladi
Özbekistonda Mudofaa vazirligi ofitserlari ustamasi ikki baravar oşiriladi. Bu haqda bugun, 16 aprel kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuçlar Oliy Boş Qömondoni Şavkat Mirziyoyevga harbiy xizmatçilarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, rezerv va zaxiradagi ofitserlar tayyorlaş tizimini takomillaştiriş, şuningdek, 9 may – Xotira va qadrlaş kuniga tayyorgarlik köriş yuzasidan axborot berilişi çoğida malum qilindi.Qayd etilişiça, armiyaning jangovar şayligi va tayyorgarligini rivojlantiriş, şaxsiy tarkibga yangi tizim asosida talim beriş va kasbga tayyorlaş böyiça amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan hisobot berilgan.
Xususan, jangovar şaylik yönalişida qöşinlarda majmuaviy strategik va qömondonlik ştab öquvlari, yiğin, dala çiqişlari va öquv kurslari tizimli ravişda ötkazib kelinayotgani, bunda şaxsiy tarkibda axloqiy-ruhiy, real jangovar vaziyatlarda qörquv va emotsiyalarni boşqariş hamda dadil harakatlana oliş kabi muhim jangovar sifatlarni şakllantirişga alohida etibor qaratilayotgani qayd etilgan.
Zamonaviy jangovar harakatlar tahlilidan kelib çiqib, barça öquv, trening va maşğulotlarda jang olib borişning yangi usul va şakllari özlaştirilayotgani, bölinmalarning mobilligini, jangovar imkoniyatlarini va qöyilgan vazifalarni mustaqil bajariş qobiliyatini oşirişga qaratilgan tegişli çora-tadbirlar körilayotgani yuzasidan axborot berilgan.
Taqdimotda rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlaş tizimini yangi bosqiçga olib çiqişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar ham körib çiqilgan. Qayd etilişiça, dunyoda yuz berayotgan harbiy mojarolar tahlili uruş davridagi safarbarlik ehtiyojlaridan kelib çiqib, tinçlik davrida harbiy tayyorgarlikka ega bölgan ofitserlar zaxirasini şakllantiriş va ularni mutaxassisliklar böyiça töğri taqsimlaş dolzarb vazifa ekanini körsatmoqda.
Hozirgi kunda 4 ta oliy talim va 2 ta oliy harbiy talim muassasasining harbiy tayyorgarlik öquv markazlari va fakultetlarida 42 ta mutaxassislik böyiça rezerv va zaxiradagi ofitserlar tayyorlanmoqda. Bunga qöşimça ravişda Urganç, Termiz, Andijon davlat universitetlari, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hamda Andijon davlat tibbiyot institutida yana 5 ta harbiy tayyorgarlik öquv markazini taşkil etiş taklif qilingan.
Şuningdek, davlat oliy talim muassasalarida qöşimça ravişda “Çaqiriqqaça harbiy talim” yönalişi böyiça 3 yillik bakalavriat talimi asosida rezerv va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlaş tizimi yölga qöyiladi. Harbiy tibbiyot institutida esa ilk bor klinik ordinatura va magistraturaga qabul qilingan hamda harbiy tayyorgarlikdan ötiş istagini bildirgan talabalar tölov-kontrakt asosida öqitiladi. Bunday imkoniyat nodavlat oliy talim muassasalari talabalari uçun ham yaratiladi.
Bugungi kunda dolzarb bölgan suniy intellekt, dron, robototexnika kabi zamonaviy va tor mutaxassisliklar böyiça ham zaxira ofitserlari tayyorlaş yölga qöyiladi. Harbiy tayyorgarlik öquv bölinmalari uçun ilğor xorijiy armiyalar tajribasi asosida yangi öquv reja va dasturlar işlab çiqiladi.
Harbiy xizmatçilarni ijtimoiy himoya qiliş masalalariga ham alohida etibor qaratilgan. Joriy yil 13 yanvar kuni Prezident, Qurolli Kuçlar Oliy Boş Qömondoni raisligida ötkazilgan Xavfsizlik kengaşi yiğilişida mazkur masala ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan.
Jumladan, Mudofaa vazirligi ofitserlariga xizmat yillari uçun tölanadigan har oylik ustama miqdori ikki baravarga oşiriş, kontrakt böyiça xizmat qilayotgan oddiy askar va serjantlarning oylik pul taminotini 10 foizga köpaytiriş taklif qilingan.