Özbekistonda 35 ta uyuşgan narkojinoiy guruh aniqlandi
17-04-2026, 11:55
67 марта

Özbekistonda 35 ta uyuşgan narkojinoiy guruh aniqlandi
Joriy yilning 1-çoragi davomida Özbekistonda narkotiklarni ötkaziş (tarqatiş) bilan şuğullanuvçi 35 ta uyuşgan narkojinoiy guruh faoliyatiga çek qöyildi. Bu haqda Davlat Bojxona qömitasi xabar berdi.Malum qilinişiça, tezkor tadbirlar davomida xuquq-tartibot organlari tomonidan 8 nafar guruh yetakçilari va 130 nafar azolari qölga olingan.
Xabarga köra, birinçi çorakda uyuşgan narkoguruhlarni va yaşirin narkolaboratoriyalarni foş etiş uç baravarga köpaygan.
Uşlangan guruhlar örtaça 6 oydan 5 yilgaça vaqt oraliğida jinoiy faoliyat bilan şuğullanib kelgan va respublikaning 70 ta şahar va tumanlari aholisi orasida narkotik moddalarini tarqatib kelgan.
Aniqlanişiça, 10 ta yaşirin narkolaboratoriya foş yetilgan.
Malumot uçun, 2025-yilda yil davomida jami 14 ta narkolaboratoriya aniqlangan edi.
Foş etilgan uyuşgan narkojinoiy guruhlar va yaşirin narkolaboratoriyalardan: 227 kg ananaviy narkotiklar, 50 kg sintetik narkotiklar, 234 ming dona (700 ming doza) psixotrop dori vositalari, narkotiklarni tayyorlaşga möljallangan 3 tonnadan ortiq prekursorlar olib qöyilgan.
Mazkur guruhlar va narkolaboratoriyalar faoliyatiga çek qöyilişi natijasida, Özbekistonda bir yil davomida örtaça 1,5 mln dona psixotrop dori vositalari, 2,5 tonna “gaşiş”va “opiy” kabi narkotik moddalar, 450 kg (2,2 mln doza) sintetik narkotik moddalarning olib kirilişi va tarqalişining oldi olingan.
Xabarda aytilişiça, Qozoğiston, Tojikiston va Qirğiziston Respublikalari bilan hamkorlikda 6 marotaba xalqaro darajadagi tezkor tadbirlar amalga oşirilgan.
Tegişli organlar tahlillariga köra, Özbekistonda narkotiklar hajmi kamayişi hamda ularni ötkaziş qiyin bölayotganligi sababli, ularning “qora bozordagi” bir gramm uçun çakana narxlari oxirgi 8 oy içida örtaça 1,3 barobarga qimmatlaşgan.