Qanday qilib Özbekiston şaxmat mamlakatiga aylandi?
18-04-2026, 19:33
185 марта

Qanday qilib Özbekiston şaxmat mamlakatiga aylandi?
— Oxirgi haftalarda qiziq bir maşğulotga berildim: uzoq vaqt tanaffusdan söng YouTube’da şaxmat öyinlarini berilib tomoşa qila boşladim. 2026-yilgi Davogarlar turniri meni bunga majbur qildi. Turnirning natijasi hayratlanarli böldi.
Dunyo şunçaki istedod tantanasini emas, balki eski iyerarxiyaning butunlay parçalanganini kördi. 20 yoşli Javohir Sindorov biror marta mağlubiyatga uçramay, toj uçun kuraşiş huquqini qölga kiritişi kuçlar geografiyasi butunlay qayta çizilganini anglatadi. Endi bu — yoş va ğalabaga taşna avlod dunyosi, bu yerda Toşkent va Dehli — Nyu-York va Londonni öz izmiga yurgizmoqda.
Yaqin yaqingaça “Özbekiston şaxmat maktabi” degan ibora xuşmuomalalik bilan aytilgan hazildek tuyulardi. Xafa qiladigan emas, lekin jiddiy ham emas. Zero, şaxmat — bu Sovet Ittifoqi haqida edi. Moskva va Leningrad, Anatoliy Karpov va Garri Kasparov, sovuq mantiq va çeksiz partiyalar haqida edi.
Keyin esa odatda yorqin lahzalar bilan yaşaydiganlar payqamay qoladigan “sokin hodisa” yuz berdi. Tösatdan kuç markazi özgardi.

Javohir Sindorov elitani “çilparçin” qildi — tajovuzkor, aniq yuriş qiladigan Davogarlar turniri ğolibi.
Özbekiston terma jamoasi Şaxmat olimpiadasida oltin medalni qölga kiritdi.
Va şu lahzada ayon böldiki, bu tasodif emas. Bu — maktab. Quruq darsliklarda yozilgan maktab emas, balki kimdir uzoq vaqt va sabot bilan bir işni töğri bajarganda yuzaga keladigan maktab.
“Bizda ham bor edi”
Şu yerda xotiralar uyğonadi. Iliq, yorqin xotiralar. 80-yillarning oxiri. Boşlanğiç maktab. Şaxmat alohida fan sifatida ötilardi. Kimdir katta figuralar tuşirilgan doskani, kimdir eski stollardagi lak hidini eslaydi. Kimdir hatto Kişinyovga Anatoliy Karpov kelganini va u maktab oçgani, işni boşlagani va boşqalarni ilhomlantirganini eslaydi.
Va şunday fikr tuğiladi: “Axir bizda ham öxşaşi mumkin edi-ku”.
Öxşaşi mumkin edi. Lekin öxşamadi.
Bu yerda arzon nostalgiya (qömsaş)ga berilmaslik muhim, çunki haqiqat yoqimsizroq va şafqatsizroq. Bizda bor bölgan narsa — “bizning Moldova maktabimiz” emasdi. Bu şaxmat hobbi emas, balki vosita bölgan ulkan sovet tizimining bir parçasi edi.
Intizom vositasi.
Tafakkur vositasi.
Mafkura vositasi.
Tizim yöqolişi bilan vosita ham yöqoldi. U yomon bölgani uçun emas, balki uni tutib turadigan heç nima qolmagani uçun.

Eng xavfli xato — maktab öquv fanidan boşlanadi deb öylaşdir. Unday emas. Maktab muhitdan boşlanadi.
Şaxmatni dars jadvaliga ertagayoq kiritiş mumkin. Hatto tögarak ötadigan biror fidoyini ham topiş mumkindir. Ammo qolgan unsurlarsiz bu şunçaki dekorativ harakat bölib qolaveradi. Haqiqiy maktab — bu quyidagilar mavjud bölgandadir:
Bola haftada bir marta emas, har kuni öynaydi.
Uning ösişini kuzatib boradigan murabbiyi böladi.
U mağlub böladigan va örganadigan turnirlar böladi.
U örnak oladigan kattalar böladi.
Bu şunçaki bir epizod emas, balki hayot yöli.
Özbekiston buni tuşundi. Va u dars emas, tizim yaratdi.
Nima uçun ularda öxşadi?
Javob hayratlanarli darajada oddiy: çunki ular uzoq muddatga möljallab işladi. Agar bu tezisni tahlil qilsak, yanada qiziqarliroq böladi:
Ular şaxmatni milliy loyihaning bir qismiga aylantirdi. Rasmiyatçilik uçun emas, çinakamiga.
Ular doska va figuralarga emas, murabbiylarga — odamlarga sarmoya kiritdi.
Ular ösiş zinapoyasini yaratdi. Boladan tortib to professionalgaça.
Va asosiysi — ular hamma-hammani qamrab olişga urinmadi. Bu muhim jihat. Ommaviylik elitani yaratmaydi. Elita eng kuçlilar bilan alohida işlaş natijasida tuğiladi.

Çunki biz hammasini teskari qildik. Biz şakl haqidagi xotirani — “maktabdagi şaxmat”ni saqlab qoldik, lekin mazmunni — rivojlaniş tizimini yöqotdik.
Biz ğoyalarni yaxşi köramiz, lekin jarayonlarga bardoşimiz yetmaydi. Biz eng osondan boşlaymiz, lekin kamdan-kam holatlarda oxiriga yetkazamiz. Şuning uçun bizda köplab yaxşi taşabbuslar bir xil yakun topadi: birinçi yil — iştiyoq, ikkinçi yil — rasmiyatçilik, uçinçi yil — sukunat.
Ommabop bölmagan xulosa
Muammo “şaxmatni unutganimizda” emas. Muammo — biz uzoq muddatli loyihalarni qurişni bilmasligimizda. Şaxmat — bu şunçaki lakmus qoğozi. Xuddi şunday musiqa, fan, sport yoki talimni oliş mumkin — hamma joyda bir xil.
Xöş, imkoniyat bormi?
Bor. Lekin u vazirlikdan yoki islohotdan boşlanmaydi. U kiçik bir qarordan — hamma narsani birdaniga qutqarişga urinmaslikdan boşlanadi.
Bitta yönalişni tanlaş va uni çinakamiga kuçli qiliş. Ikki-uçta markaz. Bir neçta kuçli murabbiylar. Önlab motivatsiyaga ega bolalar. Balandparvoz sözlar va şiorlarsiz. Şunçaki mehnat. Natijaga erişgunça.