50 ming dollarlik soat taqqan Qudbiyev tarmoqda sazoyi qilindi
20-04-2026, 19:27
657 марта

50 ming dollarlik soat taqqan Qudbiyev tarmoqda sazoyi qilindi
Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantiriş milliy qömitasining rahbari Şerzod Qudbiyev Prezident selektori yiğilişida Breguet brendiga tegişli, bahosi taxminan 50 ming dollar turadigan soat taqib bordi va uning bu harakati tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab böldi.Muhokama Qudbiyev qölidagi soatning qiymati va uni sotib oliş uçun kerak böladigan daromad manbai haqida bölmoqda. Soatning muhokamasi uning yiğilişda köriniş berganidan keyin boşlandi. Blogerlar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari soatni lyuks model (taxminlarga köra, Constantin Overseas yoki Breguet Marine Çronographe 5527) sifatida taxmin qilib, uning narxini 50 ming dollarga baholadi. Şuningdek, keng jamoatçilik amaldorlarning mol-mulkiga jamiyat etibori qaratilişi demokratik davlat uçun norma ekanini takidladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalar qizigan bir paytda, Şerzod Qudbiyev videomurojaat elon qildi va soat atrofidagi gap-sözlarga javob berdi.
“Birinçi navbatda, töğri, bu soat menga juda qadrli soat, köp narsani eslatadi. Lekin qanday bölişidan qatiy nazar, davlat xizmatçisi, avvalambor, kamtar bölişi kerak”, degan Qudbiyev.Şuningdek, u amaldorlar kasbiy etikaga, ayniqsa, ommaviy tadbirlar va yiğilişlarda qatiy amal qilişlari zarurligiga qöşilgan.
“Şuning uçun, ayniqsa yiğilişlarda mana şunday uçraşuvlarda kasbiy etikaga qatiy rioya qilib, avvalambor, kamtarlik bilan özining xizmatçi bölganini yana bir bor körsatib borişi kerak deb öylayman. Bu şaxsan menga katta xulosa böldi va kelgusida faqat şu yaxşilik yölida, vatanimiz ravnaqi yölida işlaymiz va şunga amal qilamiz, degan fikrdaman. Katta rahmat hammaga”, degan qömita rahbari.