USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Işonç qolmadi”. Timur Musin Özbekistondagi uçta biznesini sotuvga qöydi

578 марта

“Işonç qolmadi”. Timur Musin Özbekistondagi uçta biznesini sotuvga qöydi

Caravan Group tarmoği asosçisi Timur Musin Toşkent şahridagi “Palov muzeyi”, Caravan nomli restoranlari va Böstonliq tumanidagi Cinara’s majmuasini sotuvga qöydi. Bu haqdagi elonlar OLX’da joylaştirilgan.

Joriy yilning 13 aprel kuni umumiy maydoni 5800 kvadrat metr bölgan beş qavatli “Palov muzeyi” restorani sotuvga qöyilgan. Obekt Solor kanali böyidagi 20 sotixli hududni öz içiga oladi. Majmua qiymati 150 milliard sömga baholangan. 

Şuningdek, binoni bosqiçma-bosqiç – 1100 kvadrat metrdan boşlab sotiş imkoniyati ham mavjud. Şuningdek, Caravan restorani 7 sotixli yer maydonida joylaşgan bölib, binoning umumiy maydoni 1800 kvadrat metrni taşkil etadi. Maskan qiş mavsumida 250 nafar, yozda esa 490 nafargaça mehmonni qabul qilişga möljallangan. Obekt narxi – 45 milliard söm. 

Böstonliq tumanidagi Cinara’s etnografik majmuasi esa 80 sotix maydonni egallaydi, binolari (nolinçi va birinçi qavatlar) esa 1400 kvadrat metr maydonga ega. Uning qiymati 99 milliard söm etib belgilangan.
Tadbirkorni öz biznesining bir qismini sotişga sud jarayonlari va investitsiyalarni yöqotiş xavfi majbur qilgan. Uning sözlariga köra, katta miqdorda resurs sarflangan keng kölamli etnografik loyiha tizimli tösiqlarga duç kelgan.

Xususan, Timur Musin YouTube’da Cinara’s mehmonxonasi va akvaparkiga ega etnografik qişloq quriş loyihasi “murakkab investitsiya muhiti va çeksiz mamuriy tösiqlar tufayli nomalum muddatga” töxtatilgani haqida post qoldirgan.

“Muhandislar, arxitektorlar, konstruktorlar, landşaft dizaynerlarining batafsil işlab çiqqan loyihalariga, şuningdek, xalqaro mehmonxona boşqaruvçilari jamoasining ajoyib mehnatiga qaramay, bir neça million mablağ va vaqt boy berildi. Tegişli tuzilmalar tomonidan munosib qöllab-quvvatlovning yöqligi loyihani hozirgi şaroitda amalga oşirişni imkonsiz qilib qöydi. Jamiyatga foyda keltirişga qodir bölgan keng kölamli taşabbus mamlakatdagi “yaşirin tösiqlar” va adliya tizimiga urilib, çil-çil bölmoqda. Afsuski, ayni damda mavjud muhit xususiy investitsiyalarni noqonuniy tajovuzlar va reyderlikdan himoya qilişga tayyor emasligi malum böldi!” deydi tadbirkor. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: