Endi banklar karta hisobi nolga tuşgunça pul yeçib olmaydi
25-04-2026, 08:17
302 марта

Endi banklar karta hisobi nolga tuşgunça pul yeçib olmaydi
Endi Özbekistonda banklar plastik kartadan avtomotik tarzda pul yeçib olişi uçun kartada kamida 1 236 000 söm qolişi kerak. Yangi tartib joriy yilning 15 aprelidan boşlab kuçga kirgan. Bu haqda “Axborot” dasturida xabar berildi.Unga köra, karta hisob varaqlarida minimal kamaytirilmaydigan qoldiq belgilandi. Bu qoldiq miqdori bazaviy hisoblaş miqdorining 3 baravariga teng bölib, hozirgi hisob-kitobga böyiça 1 mln 236 ming sömni taşkil etadi. Yangi tartibning asosiy mazmuni şundaki, mijozlar kartasidan mablağ yeçib oliş yoki boşqa moliyaviy operatsiyalarni amalga oşirganda uşbu belgilangan minimal summa hisobda doim saqlanib qoladi. Yani, karta balansi endi töliq nolga tuşirilmaydi, unda har qanday holatda ham kamida 1 236 000 söm qoladi.
Şu bilan birga, operatsiyalar faqat uşbu çegaradan ortiq bölgan mablağlar doirasida amalga oşiriladi. Masalan, agar kartadagi umumiy mablağ 2 million söm bölsa, mijoz kartasidan faqat 764 000 sömgaça yeçib olişi mumkin, çunki qolgan qismi minimal qoldiq sifatida saqlanadi.
Qayd etiş joiz, bu çeklov böyiça hali aniq huquqiy asos, yani qonun, qaror yoki tasdiqlangan nizom oçiqlanmagan.