Bugun Toşkentda Mangu 2 musobaqasi bölib ötadi
25-04-2026, 16:24
53 марта
Bugun Toşkentda Mangu 2 musobaqasi bölib ötadiÖzbekistonlik MMA ustalari Braziliya, Rossiya, Qirğiziston, Ozarbayjon va boşqa davlat MMA sportçilariga qarşi jang qiladi.
Bugun, 25 aprel kuni Toşkentdagi "Humo arena"da Mangu 2 musobaqasi bölib ötadi. Unda özbekistonlik yakkakuraş ustalari Braziliya, Rossiya, Ozarbayjon, Xitoy, Qirğiziston, Tojikiston va boşqa davlat MMA ustalariga qarşi oktogonga çiqişadi.
Mangu 2 musobaqasining asosiy kardida özbekistonlik MMA ustasi Doston Bozorov braziliyalik Darlan Ferreyraga qarşi jang qilsa Furqatbek Yakubov Janubiy Afrika vakili Lutando Bikoga qarşi oktogonga kötariladi.
Eslatib ötamiz, uşbu janglarga soat 18:00 dan boşlab start beriladi.