Toşkent xalqaro investitsiya forumida qatnaşiş pullik böladi
V Toşkent xalqaro investitsiya forumida qatnaşiş uçun investorlar 500 dollar tölaşi kerak böladi. Bu haqda bugun, 13 iyun kuni Investitsiya, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov malum qildi.
Joriy yilning 16-18 iyun kunlari Özbekistonda beşinçi – yubiley Toşkent xalqaro investitsiya forumi bölib ötadi. Matbuot anjumanida berilgan malumotlarga köra, unda iştirok etiş uçun röyxatdan ötganlar soni 9 ming 101 nafardan oşdi.
“Özbekistonga 100 ta mamlakatdan 3 ming 423 nafar xorijiy delegat keladi. Röyxatdan ötiş jarayoni hali ham davom etmoqda. Forumda iştirok etayotgan kompaniyalarning umumiy aktivlari 42 trillion dollarga teng. Bu juda katta raqam – dunyo yalpi mahsulotining qariyb 38 foizi degani”, dedi Laziz Qudratov.
Forumda iştirok etişni xohlagan investorlar bir martalik tölovni amalga oşirişi kerak böladi. Vazirning aytişiça, bu badal faqat tadbirni taşkil etiş uçun joriy etilmagan.
“Badal har bir qatnaşuvçi uçun 500 dollar. Bu raqam xorijiy tajribaga asoslanib belgilangan. Biz bu badalni nafaqat tadbirni taşkillaştiriş uçun yiğyapmiz, balki, bu orqali kim aniq Özbekistonga kelişini ham oldindan bila olamiz. Tölagandan keyin, albatta, keladi. Yani, badalsiz bölsa, röyxatdan şunçaki ötadiganlar, lekin kelmaydiganlar ham köp böladi. Şuning uçun badal tizimini joriy qildik va bu orqali biz Özbekistonga real qiziqişi bor investorlarni jalb qiliş maqsadini qöydik”, dedi Investitsiya, sanoat va savdo vaziri.
Laziz Qudratov oçiqlagan malumotlarga köra, bu yil forumga kelayotgan rasmiy delegatsiyalar soni ham oşgan. Ötgan yili 26 ta hukumat delegatsiyasi iştirok etgan bölsa, bu yil ularning soni 62 taga yetdi.
“Oçiliş marosimida 8 ta davlat va hukumat rahbari nutq sözlaydi. Şuningdek, Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki, BRICS Yangi taraqqiyot banki, Yevropa investitsiya banki, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki, Yevroosiyo taraqqiyot banki va OPEK jamğarmasi rahbarlari ham forumda iştirok etadi. Umuman olganda, xalqaro taşkilotlar va banklardan 372 nafar vakil qatnaşmoqda”, dedi vazir Qudratov.
Qolaversa, forumni yoritiş uçun 41 ta mamlakatdan 123 ta tahririyat vakillari – jami 209 nafar xorijiy jurnalist keladi. Bu ötgan yilga nisbatan ikki barobar köp.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent xalqaro investitsiya forumi ötkazilişi munosabati bilan joriy yilning 16-18 iyun kunlari Toşkent şahrining ayrim köçalarida transport vositalari harakati vaqtinça çeklanişi haqida xabar berilgan edi.