USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲ USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda OTM bitiruvçilarining örtaça maoşi qançaligi aytildi

145 марта
Ўзбекистонда ОТМ битирувчиларининг ўртача маоши қанчалиги айтилди
2025 yilda Özbekistondagi oliygohlar bitiruvçilarining örtaça oylik iş haqi 5,1 million sömni qayd etdi. Bu haqda Talim sifatini taminlaş milliy agentligi xabar berdi.

Agentlik tomonidan oliy talim muassasalari bitiruvçilarining sifat indeksi böyiça dastlabki modellaştiriş natijalari elon qilingan. 2025 yil 1 avgustdan 2026 yil 31 martgaça bölgan 8 oylik kuzatuv davrini qamrab olgan uşbu tadqiqotda 114 ta oliygohning 242 602 nafar bitiruvçisi körsatkiçlari tahlil qilingan.

Umumiy natijalarga köra, mamlakat böyiça bitiruvçilar sifatining örtaça indeksi 100 balldan 60,1 ballni taşkil etgan.

Asosiy mehnat bozori körsatkiçlari:
  • Bandlik darajasi: 75 foiz
  • Örtaça oylik iş haqi: 5,1 million söm
  • Örtaça işga joylaşiş tezligi (muddati): 2 oy 1 kun
  • Barqaror bandlik: bitiruvçilarning 60,1 foiz qismi kamida 4 oy davomida bir joyda barqaror faoliyat yuritgan.


Tahlillarga köra, mehnat bozorida eng katta moliyaviy takliflar biznes, huquq va texnologiya sohasi vakillariga tegişli bölib turibdi:

  1. Biznes va boşqaruv – 8,5 million söm;
  2. Huquq – 7,3 million söm;
  3. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) – 6,8 million söm;
  4. Eng kam örtaça maoş esa biologiya va turdoş fanlar (3,2 million söm) hamda veterinariya (3,4 million söm) yönalişlarida kuzatilgan.


Indeks bali oliygohdagi talim sifati va bitiruvçining bozordagi raqobatbardoşligini ifodalaydi. Bu borada quyidagi sohalar yetakçilik qilmoqda:

  • Matematika va statistika – 69,6 ball;
  • Talim – 66,7 ball;
  • Biznes va boşqaruv – 63,9 ball;
  • Eng past indeks körsatkiçi Transport xizmatlari (46,7 ball) sohasida qayd etilgan.


Grafik malumotlariga etibor qaratilsa, eng tez iş topadigan soha vakillari talim (örtaça 47 kun), transport xizmatlari va qişloq xöjaligi (54 kun) yönalişlari hisoblanadi. Eng uzoq muddatda iş topadiganlar esa huquq (97 kun) va gigiyena va işlab çiqarişda mehnat muhofazasi (96 kun) bitiruvçilaridir. Bu huquqşunoslik va mehnat muhofazasi yönalişlarida vakansiyalar tanlovi va saralaş bosqiçlari murakkabligi bilan izohlanişi mumkin.

Tört oy davomida barqaror işlaş uluşi böyiça esa matematika va statistika (69 foiz) hamda talim (67 foiz) sohalari eng yuqori barqarorlikni körsatgan. Mehnat muhofazasi va transport xizmatlarida esa bu körsatkiç eng past (46 foizni) bölib turibdi.

Elon qilingan hisobotga köra, reytingda eng yaxşi natija körsatgan top-20 ta oliy talim taşkilotining kariyera markazlari 500 million sömdan (jami 10 milliard söm) pul mukofoti bilan rağbatlantiriladi.

Qayd etilişiça, uşbu raqamlar 8 oylik dastlabki modellaştiriş xulosalaridir. Töliq 12 oylik malumotlarni qamrab oluvçi yakuniy indeks natijalari esa joriy yilning avgust oyida keng jamoatçilikka taqdim etiladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda örtaça oylik iş haqi oşgani haqida xabar qilingandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: