Özbekistonliklarning örtaça oylik maoşi 19 foizdan köproqqa oşgan
26-10-2025, 12:31
299 марта

Özbekistonliklarning örtaça oylik maoşi 19 foizdan köproqqa oşgan
Özbekistonda 2025 yil yanvar-sentyabr oylarida örtaça oylik nominal hisoblangan iş haqi 6 mln 166,9 ming sömni taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 19,2 foizga ösgan.Hududlar kesimida örtaça oylik nominal hisoblangan iş haqlari Toşkent şahrida 10 mln 379,6 ming sömni taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 18,7 foizga ösganligi kuzatildi.
Şuningdek, bu körsatkiç Samarqand viloyatida 4 mln 853,3 ming sömni (ötgan yilning mos davriga nisbatan ösiş surati 124,8 foiz), Namangan viloyatida 4 mln 543,8 ming sömni (120,9 foiz), Sirdaryo viloyatida 4 mln 930,8 ming sömni (120,7 foiz), Farğona viloyatida 4 mln 574,5 ming sömni (119,8 foiz) va Jizzax viloyatida 4 mln 589,0 ming sömni (119,2 foiz) taşkil etgan.
Örtaça oylik nominal iş haqi iqtisodiy faoliyat turlari böyiça tahlil qilinganda esa eng yuqori ösiş suratlari sanat, köngil oçiş va dam oliş sohasida qayd etildi.
Xususan, mazkur sohada 2024 yilning mos davriga nisbatan ösiş surati 122,8 foizni taşkil yetib, iş haqi miqdori 5 mln 114,7 ming sömga yetgani kuzatildi.
Şuningdek, talim yönalişida ham sezilarli ösiş qayd yetilib, iş haqi miqdori 4 mln 188,5 ming sömni taşkil etdi (ösiş – 19,8 foiz). Taşiş va saqlaş sohasida örtaça iş haqi 9 mln 382,1 ming sömni taşkil etib, 16,7 foizga, axborot va aloqa sohasida esa 14 mln 985,8 ming sömga yetdi (16,6 foiz ösiş). Sanoat sohalarida örtaça iş haqi 7 mln 301,0 ming sömni taşkil etib, 16,3 foizga oşgani qayd etildi.
Şu bilan birga, quriliş sohasida örtaça oylik iş haqi 6 mln 342,6 ming söm bölib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 9,2 foizga oşdi. Yaşaş va ovqatlaniş böyiça xizmatlar sohasida bu körsatkiç 5 mln 122,8 ming sömni taşkil etib, 10,1 foizga, savdo sohasida 6 mln 875,6 ming sömni taşkil etib, 12,1 foizga, soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmatlar yönalişida 3 mln 765,4 ming sömni taşkil etib, 14,6 foizga oşdi. Bank, suğurta, lizing, kredit va vositaçilik faoliyati sohasida esa örtaça oylik iş haqi 16 mln 828,9 ming sömni taşkil etib, 15,6 foizga ösdi.
OYLIK MAOŞ