Jizzaxdagi selda 3 ta maşina oqib ketdi
Keça, 18 iyun kuni Jizzax viloyatining Zomin va Baxmal tumanlarining ayrim toğ va toğoldi hududlarida kuçli yoğingarçilik oqibatida sel oqimlari yuzaga keldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Malum qilinişiça, u yöllardan oqib ötgan bölib, hodisa oqibatida uşbu hududlarda notöğri qoldirib ketilgan 3 ta yengil avtomobil sel oqimiga tuşib, oqib ketgan.
Takidlanişiça, mazkur hodisa oqibatida tan jarohati olgan va jabrlanganlar yöq.
Eslatib ötamiz, avvalroq Navoiy viloyatining 3 tumanida kuçli sel kelişi oqibatida 4 ta qişloq aholisi evakuatsiya qilinib, maşinalar oqib ketgan edi.