Toşkentda metroning yangi ikki yönalişi tezlaştirilgan usulda quriladi
Toşkent şahrida ikkita yangi metro yönalişi tezlaştirilgan usulda qurilişi rejalaştirilmoqda. Buni nazarda tutuvçi hukumat qarori loyihasi Transport vazirligi tomonidan jamoatçilik muhokamasiga qöyildi.
Qaror loyihasiga köra, yangi yönalişlar “Puşkin – TTZ” hamda “Texnopark – Yangi Toşkent” böyiça taşkil etiladi. TTZ tomonga yönaltirilgan tarmoqning uzunligi 11 kilometrni taşkil etişi rejalaştirilgan bölib, unda 10 ta bekat va bitta depo qurilişi közda tutilgan. Yangi Toşkentgaça bölgan yönaliş esa 21 kilometr uzunlikka ega bölib, 9 ta stantsiyani qamrab oladi. Har ikki loyihani amalga oşirişda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Yangi Toşkent şahrini barpo etiş direktsiyasi” davlat muassasasi buyurtmaçi etib belgilangan.
Qayd etilişiça, quriliş işlari fast-track (tezlaştirilgan strategiya – bosqiçlarni parallel ravişda yakunlaşni öz içiga olgan strategiya) usulida amalga oşiriladi. Bu loyihalaştiriş, quriliş materiallarini xarid qiliş va montaj işlarini bir vaqtning özida olib boriş imkonini beradi.
Quriliş işlari Yevropa Ittifoqida qabul qilingan şaharsozlik standartlariga mos holda amalga oşirilişi belgilangan. Loyihaning Yangi Toşkentgaça bölgan birinçi bosqiçi 2026 yil oxiriga qadar işga tuşirilişi, töliq transport tizimi esa 2028 yil kuzida foydalanişga topşirilişi rejalaştirilgan.
Loyiha davomida transport harakati uçun muqobil yönalişlar taşkil etilib, jamoat transporti qatnovi uzluksiz taminlab boriladi.
Şuningdek, TTZ avtostantsiyasini boşqa hududga köçiriş ham rejalaştirilmoqda. Uning mamuriy binosi esa loyihani muvofiqlaştiruvçi taşkilotlar balansiga ötkazilişi közda tutilmoqda. Ayrim avtobus yönalişlari Qadrdon va Gulsanam köçalari kesişmasiga yönaltiriladi, boşqalari esa Buyuk Ipak yöli köçasidagi sobiq avtovokzal hududiga ötkaziladi. TTZ yönalişida qatnaydigan şahar atrofi avtobuslari Qibray avtostantsiyasiga köçirilişi ehtimoli bor.
Toşkent şahri va viloyati hokimliklariga bir oy muddat içida metro qurilişi rejalaştirilgan hududlardagi yer uçastkalari, binolar va daraxtlarni xatlovdan ötkaziş topşirilgan. Şu bilan birga, noqonuniy egallangan yerlarni qonunçilikda belgilangan tartibda böşatiş çoralari köriladi.
Hujjatda mulki olib qöyilişi mumkin bölgan fuqarolar va tadbirkorlik subektlariga kompensatsiya tölaş mexanizmini uç oy içida işlab çiqiş vazifasi belgilangan. Loyihani amalga oşiriş uçun ayrim qişloq xöjaligi yerlarini boşqa toifaga ötkaziş ham rejalaştirilmoqda.
Bundan taşqari, quriliş hududidagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari ham xatlovdan ötkaziladi. Ularni köçiriş bilan boğliq xarajatlar asosan balans saqlovçilar hisobidan qoplanadi, ayrim qismi esa 2027 yilgi respublika byudjeti mablağlari hisobidan moliyalaştirilişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq “Mingörik – Çilonzor buyum bozori” yönalişida yangi metro liniyasi qurilişi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Şuningdek, endi Toşkent metropoliteni foydalanuvçilari bosib ötgan har bir bekati yoki masofasi uçun yöl haqini tölaşi va metropoliten uçun mutlaqo yangi tariflar joriy etilişi rejalaştirilmoqda.