Özbekiston Qirğizistonga ikkita qişloq berdi
Özbekistonga qaraşli Çönğara va Toş-Tepa qişloq aholi punktlari davlat çegarasini demarkatsiya qiliş doirasida Qirğiziston tarkibiga ötkazildi. Bu haqda bugun, 23 iyun kuni Qirğiziston Prezidenti matbuot kotibi Asqat Alagozov malum qildi.

Uning sözlariga köra, ilgari Özbekistonning Farğona viloyati tarkibida bölgan uşbu qişloqlarda yaşovçi taxminan 2 500 nafar aholi etnik qirğizlar hisoblanadi va endi Qirğiziston fuqaroligini oladi.
Qayd etilişiça, Qirğiziston tomoni Özbekistonga çegara hududida joylaşgan maydoni jihatidan teng yer uçastkalarini bergan. Şuningdek, Soy qişloğidan Tayan qişloğigaça avtomobil yöli quriş uçun umumiy maydoni 236 gektar bölgan teng qiymatli yer uçastkalari almaşilgan.
Malum qilinişiça, mazkur yöl orqali Qirğizistonning Botken viloyati aholisi Aydarkendan Botkenga hozirgi 225 kilometrlik aylanma yöl örniga 55 kilometr masofa bosib tezroq yetib borişi mumkin böladi.
Malumot uçun, ikki davlat Taşqi işlar vazirlari Qirğiziston – Özbekiston davlat çegarasining ayrim uçastkalari böyiça şartnomani 2022 yil noyabr oyida imzolagan. 2023 yil yanvar oyida esa Şavkat Mirziyoyevning Bişkekka davlat taşrifi doirasida ikki mamlakat Prezidentlari ratifikatsiya yorliqlari bilan almaşgandi.
Eslatib ötamiz, avvlroq Qirğiziston Davlat çegara xizmati raisining birinçi örinbosari – Boş ştab boşliği Mirzamir Sidiqov Jogorku Keneşning xalqaro işlar qömitasi yiğilişida joriy yilning avgust oyida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Qirğizistonga davlat taşrifi bölib ötişi hamda taşrif doirasida “Seydikum” çegara nazorat-ötkaziş punktini oçiş masalasi muhokama qilinişni malum qilgandi.