Buxoro Xonguli davlat ramziga aylanadimi? (fotoreportaj)
Özbekistonning davlat ramzlari qatorida Buxoro Xonguli (noyob buğu turi) tasvirlanişi mumkin. Bu haqda joriy yilning 18-21 iyun kunlari ötkazilgan “Aral sea wetlands” loyihasi doirasidagi media-ekspeditsiyada söz bordi.
“Aral sea wetlands” loyihasi quyi Amudaryo va Orol dengizi havzasidagi ekotizimlar, bioxilma-xillikni asrab avaylaş maqsadida Özbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi qömitasi, BMT Taraqqiyot dasturi hamda Global ekologik fondi tomonidan 2022 yilda taşkil etilgan. Loyiha davomiyligi 2026 yil oxirigaça (4 yil). Dasturning umumiy qiymati 3 million 800 ming AQŞ dollari ajratilgan. Uşbu mablağ doirasida mamlakatda törtta yönalişda – yer, suv degradatsiyasi, biologik xilma-xillik va bilimlarni almaşişdan iborat.
.jpg)
Loyiha doirasida 100 ming gektar yaylov, töqay va taurang (çöl va yarim çöl hududlarida ösadigan turanga daraxtlaridan taşkil topgan tabiiy örmonlar) örmonlarida yerlarni barqaror boşqariş çoralari joriy etilib, tabiiy yaşaş muhitlarining yemirilişining oldi olinadi.
Şuningdek, qöriqlanadigan hududlar maydoni 3 million gektardan ortiqqa kengaytirilib, biologik xilma-xillik uçun muhim bölgan yana 9 ta hudud davlat muhofazasiga olinadi. Bu esa, noyob hayvon va ösimlik turlarini saqlaş, çöllanişning oldini oliş hamda Orolböyini asraşga xizmat qiladi.
Bundan taşqari, daryo deltalariga zarur miqdorda suv yetib borişini taminlaş orqali tabiiy suv havzalari va suğoriladigan yerlarning ekologik holatini yaxşilaş közda tutilgan.
Dengizköl davlat ornitologlik buyurtma qöriqxonasi
Mazkur press-tur loyiha doirasida amalga oşirilgan işlar va ularning natijadorligini namoyiş etiş uçun taşkil etilgan bölib, birinçi manzil Buxoro viloyati Olot tumanidagi Dengizköl böldi. “Aral sea wetlands” loyihasi doirasida mazkur hududdagi suv havzasining xilma-xilligini saqlab qoliş nazarda tutilgan. Uşbu köl Turkmaniston bilan çegara yaqinida joylaşgan. Köl çölning örtasida joylaşgani bilan öziga xos xarakterga ega. Ekspertlarning sözlariga köra, Dengizköl X asrlarda ham bu hududda bölgan. Kölning suvi şör bölgani uçun u istemolga yaroqsiz va şu sababli ham aholi bu hududda qönim topmagan. Köl – yölovçi quşlar va boşqa yovvoyi tabiat uçun ozuqa, qönoq va boşpana vazifasini bajaradi.
.jpg)
“Bir neça asrlar oldin Zarafşon daryosi Amudaryoga quyilgan. Şu Zarafşonning bir irmoqlaridan biri bölgan. Keyinçalik iqlim özgarişi suğoriladigan yerlar hajmining ortişi oqibatida irmoq daryodan yakkalangan. Hozirgi kunda asosan kollektor-drenaj suvlari oqovalaridan töyinadi. Dengizkölning hajmi 40-50 ming gektar yer maydoniga ega. Biroq sönggi vaqtlarda suv hajmi sezilarli darajada kamaygan. Mazkur loyiha doirasida uşbu köl qurib qolmasligi uçun doimiy suv bilan taminlaş işlari amalga oşirildi. Bundan taşqari, mazkur obekt Özbekistonda birinçilardan bölib, yani 2001 yilda Ramsar xalqaro konventsiyasiga kiritilgan”, deydi Texnika fanlari doktori Malika Ikromova.
Köl hududi muhofaza qilinişi uçun 1973 yilda qöriqxonaga aylantirilgan. Bu hududda saqoquş, qoşiqburun kabi turli xil loyxöraklar va yovvoyi ördaklar muntazam ravişda qayd etiladi. Tabiatni muhofaza qiliş xalqaro ittifoqi qizil röyxatiga yöqolib ketiş xavfi ostidagi turi sifatida kiritilgan oqboş ördak alohida ahamiyatga ega. Quşlardan taşqari, köl ekotizimida Markaziy Osiyoning çöl va suv-botqoq landşaftlariga xos bölgan turli xil baliqlar, sudralib yuruvçilar hamda mayda sutemizuvçilar yaşaydi.
Qizilqum davlat töqay-qumli qöriqxonasi
“Aral sea wetlands” loyihasi doirasidagi suv havzalari va botqoqliklari yönalişi böyiça amalga oşirilgan işlarni közdan keçiriş uçun taşkil etilgan media-ekspeditsiyaning ikkinçi manzili Qizilqum qöriqxonasi böldi. Qöriqxona Özbekistonning Turkmaniston bilan davlat çegarasi yaqinida Amudaryoning qirğoqböyi hududida joylaşgan.
.jpg)
Mamuriy jihatdan Buxoro va Xorazm viloyatlariga qaraşli. Qöriqxonaning umumiy maydoni 10 311 gektarni taşkil etadi. Uni taşkil etişdan asosiy maqsad – noyob tabiiy landşaftlarni, yani qumli yerlar va töqay örmonlarini muhofaza qiliş, ösimlik va hayvonot dunyosini asraş, şuningdek, ularning tabiiy muhitda saqlanişi hamda qayta tiklanişini taminlaşdan iborat.
“Qöriqxona asosan ikki ekotizimdan taşkil topgan. Birinçisi çöl, ikkinçisi töqay ekotizim. 7 200 gektar çöl, 3200 ga yaqin qismi esa töqayzorlardan taşkil topgan. Bu yer nafaqat Özbekistonning, balki Markaziy Osiyoning asosiy hududlaridan biri hisoblanadi. Töqayzor Amudaryo qirğoqlarida joylaşgan. Bu yerda asosan uç turdagi – turanğil, har-xil bargli terak va jiydazorlardan taşkil topgan. Töqayzor şu yaqin atrofning “öpkasi” vazifasini ham bajaradi. Loyiha doirasida kuzatuv minoralar örnatildi. 10 ta quyoş panellari örnatildi”, deydi Qöriqxona xodimi Nurali Rahmonov.
Qizilqum davlat qöriqxonasi hududida ikkita asosiy tabiiy zona mavjud: Amudaryo böyidagi töqayzorlar va Qizilqumning qumli çöl hududlaridir. Qöriqxonadagi asosiy suv obekti Amudaryo hisoblanadi. Uning umumiy maydonidan 3177 gektari Amudaryo böyidagi töqay zonasiga töğri keladi. Şuningdek, qöriqxona hududidagi Amudaryo qayirida daryo oqimi hosil qilgan irmoqlar, özanlar va orollar bor.
.jpg)
Noyob va muhofaza etiladigan tur hisoblangan Buxoro buğusi hamda jayron alohida tabiatni muhofaza qiliş ahamiyatiga ega. Yirtqiç sutemizuvçilar orasida böri, çiyaböri, tulki, börsiq va daşt muşugi uçraydi.
Ornitofaunasi ança xilma-xil bölib, u Amudaryo qirğovuli, saqoquşlar, flamingolar, yovvoyi ördaklar, loyxöraklar va kök kaptarlarni öz içiga oladi. Mavsumiy migratsiya davrida qöriqxona hududi köplab suv-botqoq quşlari uçun muhim dam oliş va oziqlaniş maskani bölib xizmat qiladi. Töqay örmonlari, suv havzalari va çöl landşaftlarining uyğunligi tufayli Qizilqum qöriqxonasi xalqaro ahamiyatga molik noyob tabiat majmuasi sanaladi hamda Markaziy Osiyoning noyob va yöqolib borayotgan turlarini saqlab qolişda muhim örin tutadi.
Xorazm milliy boği
Xorazm milliy boği – Özbekistonning şimoliy-ğarbida, Xorazm viloyatida, Amudaryoning qadimgi deltasida joylaşgan. Yangidan taşkil etilgan muhofaza qilinadigan hududlar sirasiga kiradi. Milliy tabiat boği Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 14 dekabrdagi 1000-sonli qarori bilan taşkil etilgan. Hudud Amudaryo qadimgi deltasining çap qirğoği va Qizilqumning öng qirğoğidagi kiçik bir qismni egallaydi. Boğning umumiy maydoni 21 687,5 gektarni taşkil etadi. Boğ Xorazm viloyatining Urganç, Xonqa, Xiva, Yangibozor va Tuproqqala tumanlari hududlarida taşkil qilingan.
.jpg)
Boğ hududi mintaqa ornitofaunasini saqlab qolişda muhim ahamiyatga ega. Bu yerda yirtqiç quşlar, qirğovullar, laylaklar, turnalar, suv quşlarining turli xillari, şuningdek, töqayzorlar va suvli-botqoqli yerlardan uya quriş, dam oliş hamda oziqlaniş maskani sifatida foydalanadigan noyob va muhofaza etiladigan turlar yaşaydi. Şuningdek, Buxoro buğusi, yovvoyi tönğiz, çiyaböri, tulki, börsiq, töqay quyoni, qum muşugi hamda turli xil kemiruvçilar uçraydi.
.jpg)
Töqay örmonlari, çöl hududlari va suv ekotizimlarining uyğunligi tufayli Xorazm milliy tabiat boği Özbekiston şimoliy-ğarbidagi bioxilma-xillikni asraşning muhim markazi hamda ekologik turizmni rivojlantiriş uçun taşkil qilingan.
Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati (QADBR)
QADBR Qoraqalpoğiston Respublikasi Amudaryoning quyi oqimida, Nukus şahridan taxminan 90 km, Beruniy tumani markazidan esa 44 km masofada joylaşgan. Rezervat hududi Amudaryo qayiri hamda daryoning quyi oqimidagi töqay ekotizimlari bilan boğliq. Rezervat Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 26 avgustdagi 243-sonli qarori bilan taşkil etilgan. U sobiq “Baday töqay” davlat qöriqxonasi negizida şakllantirilgan bölib, uning yerlari biosfera rezervati tarkibiga ötkazilgan.
.jpg)
Uşbu hududning öziga xos jihati – hayvonlarning köpayişi uçun juda qulay makon sanalişida. Masalan, bir neça yil oldin, dastlab bu yerga bir neça boş Buxoro Xonguli olib kelingan bölsa, hozirda ularning soni 1500 boşdan oşgan.
“Aral sea wetlands” loyihasi rahbari Akmal Abdullayevning sözlariga köra, Özbekiston ramzi bölgan Humo quşi afsonaviy quş, uni körişning imkoni yöq. Ammo Buxoro Xonguli real hayotda bor. Şu bois, bu buğu ham mamlakat ramziga aylanişi mumkin.
“Britaniyada şer, Amerikada oq böyinli burgut, Rossiyada örmon ayiği ramz hisoblanadi. Mana, bazi joylarda boşqa hayvonlar davlatning rasmiy yoki norasmiy ramzlaridan biri hisoblanadi. Balki, kunlar kelib şunday bölar-ki Buxoroning şu Xongul buğusi Özbekistonning ramzi hisoblanib qolişi mumkin. Buning uçun töla asoslar bor, çunki uning iqlimi, bu yerda ekotizimga, şu ekotizimning tabiiy şunday mahsuloti faqat bizga xos bölgan”.
.jpg)
“Sudoçe-Akpetki” davlat buyurtma qöriqxonasi
Media-ekspeditsiyaning navbatdagi manzili Qoraqalpoğistondagi Möynoq tumanida, Amudaryo deltasining çap sohilida joylaşgan “Sudoçe-Akpetki” qöriqxonasi böldi. Tarixan Sudoçe Amudaryo deltasining eng yirik suv havzalaridan biri bölib, Orol dengizi bilan irmoqlar va kanallar orqali boğlangan edi. Bugungi kunda suvning sayozlaşişi va suv rejimining özgarişi tufayli, avvalgi yirik suv havzasi bir neçta alohida qismlarga bölinib ketganligi sababli, köproq bitta köl haqida emas, balki Sudoçe köllar tizimi töğrisida söz yuritiladi. Ular orasida Oqquşlar, Katta Sudoçe, Qorateren va Begdulla-Aydin kabi köllar tilga olinadi.
Sudoçe köli – Amudaryo deltasining çöllaniş şaroitida bioxilma-xillikni saqlaşda muhim örin tutadigan noyob delta kölidir. Bu yerda 230 ga yaqin quş turi, jumladan, flamingo, saqoquş va köplab suv quşlarining turlar yaşaydi, bahorgi migratsiya davrida esa ularning soni 100 mingdan oşib ketadi. Şuningdek, hududda Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 21 turdagi hayvonlar, jumladan, turkman quloni, jayron, qoraquloq va oq dumli suvburgut uçraydi. Özining yuksak tabiatni muhofaza qiliş ahamiyati tufayli, Sudoçe köli 2023 yil 30 aprelda xalqaro ahamiyatga ega suvli-botqoqli hudud sifatida Ramsar konventsiyasi röyxatiga kiritilgan.
Ekspeditsiya davomida OAV xodimlariga loyiha doirasida amalga oşirilgan işlar haqida batafsil malumotlar berildi. Loyiha 2022 yil tasdiqlangan bölsa-da, amalda iş jarayonlari 2023 yilda boşlangani bois, loyihada qolib ketgan boşqa işlarni ham keng doirada amalga oşiriş uçun rasman yana bir yil qöşib beriş haqida BMT va boşqa aloqador taşkilotlarga tegişli hujjatlar tayyorlanayotgani malum qilindi. Uşbu jarayonlar nafaqat mahalliy OAVlarda, balki xorijiy naşrlarda ham yoritib borildi.
.jpg)
Malumot örnida, hozirgi kunda Özbekiston Respublikasida 51 ta muhofaza etiladigan tabiiy hudud mavjud bölib, ulardan 27 tasi yuridik (davlat muassasasi) maqomiga ega. Bunday hududlar sirasiga 7 ta davlat qöriqxonasi, 1 ta biosfera rezervati, 2 ta davlat buyurtmaxonasi, 1 ta majmuaviy (landşaft) buyurtmaxona, 1 ta ixtisoslaştirilgan parvarişxona va 15 ta milliy tabiiy boğ kiradi. Yaqin yillarda yana 24 ta alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududga bosqiçma-bosqiç yuridik maqomini beriş rejalaştirilmoqda.