USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Frantsiya elçixonasi ogohlantiriş bilan çiqdi

120 марта
Франция элчихонаси огоҳлантириш билан чиқди

Frantsiyaning Özbekistondagi elçixonasi viza oliş uçun ariza topşirayotgan fuqarolarga murojaat qilib, viza jarayonidan noqonuniy daromad olişga qaratilgan har qanday urinişlar qatiyan man etilişini malum qildi.

Elçixona malumotiga köra, jismoniy şaxslar yoki kompaniyalar tomonidan viza uçun qabulga yoziliş jarayonidan moliyaviy manfaat körişga qaratilgan harakatlarga nisbatan muntazam tekşiruvlar ötkazilmoqda. Firibgarlik holatlari aniqlangan taqdirda, aybdorlarga nisbatan sanktsiyalar qöllaniladi.

Şuningdek, fuqarolarga TLS xizmat körsatuvçi markazi tomonidan rasman belgilangan tölovlardan taşqari heç qanday qöşimça mablağ tölamaslik tavsiya etilgan.

Elçixona Frantsiyaga safarlarni oldindan rejalaştirişni, böş qabul sanalari mavjud bölmasa, keyinroq qayta urinib körişni tavsiya qilgan. Qayd etilişiça, qabul uçun yangi sanalar muntazam ravişda yangilanib boriladi.

Bundan taşqari, Frantsiyada tahsil olayotgan yoki tahsil olgan özbekistonlik talabalar hamda faoliyat yuritayotgan mutaxassislar viza arizasini topşirişda ustuvorlikka ega bölişi mumkin.

Elçixona barça arizaçilarni adolatli va samarali xizmat körsatişni taminlaş maqsadida TLS markazi qoidalari hamda xodimlar körsatmalariga rioya qilişga çaqirgan.

Malumot uçun, Frantsiyaning Özbekistondagi elçisi Ualid Fuk 11 mart kuni Toşkentda Frantsiyaga boriş uçun viza arizalarini qabul qiluvçi yangi viza markazini tantanali ravişda oçgan.

Endilikda barça viza hujjatlari istisnosiz TLSContact markazi orqali topşirilişi kerak böladi. Ilgari viza arizalari bevosita Frantsiyaning Özbekistondagi elçixonasi huzuridagi viza bölimi tomonidan qabul qilinar edi. Endilikda diplomatik missiya konsulligi ariza beruvçilarni qabul qilmaydi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: