Samarqand hokimi ogohlantirildi
Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev pedagoglarni köça nazoratçisi bölişga undovçi topşiriği ortidan ogohlantiriş oldi. Davlat mehnat inspektsiyasi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Avvalroq, Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyevning viloyat oliy talim muassasalari öqituvçilarini köçalarni nazorat qilişi va ularning obodligiga masul bölişi haqidagi topşiriği yangragan edi. Hokimning bu “vatan obodligi” taşabbusida bergan topşiriği OTM rektorlari bilan uçraşuvda berilgandi.
Viloyat hokimligining uçraşuvdan elon qilgan videosi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab böldi.
Mehnat inspektsiyasining bildirişiça, amaldagi qonunçilikda pedagog xodimlarni ularning kasbiy faoliyati bilan boğliq bölmagan işlarga majburiy tarzda jalb etiş taqiqlangan. Agar mazkur taşabbus amaliyotga joriy etilib, pedagoglar faoliyatiga daxldor bölmagan işlarga jalb etilsa, majburiy mehnat holatlarining yuzaga kelişiga sabab böladi.
“Şu munosabat bilan Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyevga pedagoglarni kasbiy faoliyatiga aloqador bölmagan işlarga jalb etiş qonunçilikka zid ekani hamda bunday holatlar uçun javobgarlik belgilanganligi yuzasidan ogohlantiriş yuborildi” deyiladi inspektsiya munosabatida.
Mehnat inspektsiyasining takidlaşiça, har qanday taşabbusni amalga oşirişda amaldagi qonunçilik talablariga rioya etiş, pedagoglarning huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini taminlaş zarur.
Pedagoglarning bu xususdagi huquqi qançalik himoyalangan?
Özbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi töğrisida”gi qonunga köra, pedagog xodimlarning kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravişda aralaşiş va ularni öz vazifalariga aloqador bölmagan işlarga jalb etiş taqiqlanadi.
Uşbu qonunga muvofiq, pedagoglarni quyidagi işlarga jalb etişga yöl qöyilmaydi:
- obodonlaştiriş, qişloq xöjaligi işlari hamda kasbiy faoliyatiga boğliq bölmagan boşqa işlarga;
- talim bilan qamrab olinmagan yoki profilaktik hisobda turgan voyaga yetmaganlar böyiça hisob yuritiş va şu kabi vazifalarga.
Saylovlar, test sinovlari, aholini röyxatga oliş va boşqa ijtimoiy ahamiyatga ega tadbirlarga pedagoglar faqat pedagoglarning öz roziligi bilan, tegişli şartnoma asosida, qöşimça haq tölangan yoki örtaça iş haqi saqlab qolingan holda jalb etilişi mumkin.
Özbekiston Respublikasining Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksi 51-moddasiga muvofiq, pedagoglarni kasbiy faoliyatiga aloqador bölmagan işlarga jalb etiş, ularni mehnatga mamuriy tarzda majburlaş yoki kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravişda aralaşiş mamuriy javobgarlikka sabab böladi.
Mazkur huquqbuzarlikni sodir etgan mansabdor şaxslarga bazaviy hisoblaş miqdorining 100 baravaridan 150 baravarigaça miqdorda mamuriy jarima qöllanilladi.