Şavkat Mirziyoyev Toni Blerni qabul qildi
Bugun, 25 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniyaning sobiq boş vaziri, Global özgarişlar instituti raisi Toni Blerni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, mamlakatda amalga oşirilayotgan islohotlarni ekspertlik jihatidan qöllab-quvvatlaş maqsadida Global özgarişlar instituti bilan amaliy hamkorlikni yanada rivojlantiriş masalalari körib çiqilgan.

Toni Bler Yangi Özbekistondagi izçil va keng kölamli transformatsiya jarayonlariga yuksak baho bergan. Yaqinda bölib ötgan Toşkent xalqaro investitsiya forumi Özbekiston investitsiyaviy jozibadorligini mustahkamlaş, işbilarmonlik aloqalarini rivojlantiriş va istiqbolli taşabbuslarni ilgari suriş uçun samarali xalqaro maydon bölgani etirof etilgan.
Iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida qöşma loyihalarni amalga oşiriş, yetakçi xalqaro texnologik kompaniyalar va yirik strategik investorlarni jalb etiş hamda raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallaştiriş, jumladan, ilğor innovatsion yeçimlarni joriy qiliş kelgusidagi hamkorlikning ustuvor yönalişlari sifatida belgilangan.