Gulnora Karimovaning 43,5 mln dollarlik aktivlari nimaga sarflanişi aytildi
Özbekistonning Birinçi Prezidenti Islom Karimovning tönğiç qizi Gulnora Karimovaning Şveytsariyada musodara qilingan pullaridan 43,5 mln dollar tibbiyotga yönaltirildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar qildi.
Qayd etilişiça, Özbekiston va Şveytsariya örtasidagi Restitutsiya bitimi doirasida amalga oşirilgan soğliqni saqlaş sohasidagi ilk qöşma dastur yakunlangan. Dastur “Işonç” jamğarmasi tomonidan moliyalaştirilgan ilk loyiha bölib, UNICEF, UNFPA hamda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti hamkorligida amalga oşirilgan. Loyiha uçun 43,5 million AQŞ dollari ajratilib, mablağlar onalik va bolalikni muhofaza qiliş tizimini rivojlantiriş, perinatal xizmatlar sifatini oşiriş hamda tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaşga yönaltirilgan.
Dastur doirasida respublika böylab 231 ta perinatal muassasa zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan. Buning uçun 31 million dollardan ortiq mablağ evaziga inkubatorlar, suniy nafas oldiriş apparatlari, anesteziya tizimlari va boşqa tibbiy jihozlar xarid qilinib, hududlardagi perinatal markazlarga yetkazib berilgan.
Şuningdek, 80 mingdan ortiq tibbiyot xodimi zamonaviy perinatal yordam, murakkab homiladorlik holatlarini boşqariş, muddatidan oldin tuğilgan çaqaloqlarni parvarişlaş hamda laboratoriya diagnostikasi böyiça malaka oşirgan. Bundan taşqari, onalik va yangi tuğilgan çaqaloqlarga tibbiy yordam körsatişga oid 49 ta klinik protokol işlab çiqilgan yoki yangilangan.
Malum qilinişiça, homiladorlik davrida muntazam tibbiy kuzatuvning ahamiyatini tarğib etişga qaratilgan axborot kampaniyalari orqali 20 millionga yaqin fuqaro qamrab olingan. Natijada 4 millionga yaqin aholi sifatli onalik va perinatal xizmatlardan foydalaniş imkoniyatiga ega bölgan.
Monitoring natijalariga köra, oldini oliş mumkin bölgan onalar ölimi uluşi 2022 yildagi 77,3 foizdan 62,8 foizgaça, yani 14,5 foiz bandga kamaygan. Şuningdek, tana vazni juda past bölgan yangi tuğilgan çaqaloqlarning omon qoliş körsatkiçi dastur boşlanganidan buyon qariyb 13 foizga yaxşilangan.
Vazirlikka köra, loyiha doirasida laboratoriya xizmatlari salohiyatini mustahkamlaş, korruptsiyaning oldini oliş mexanizmlarini joriy etiş hamda homilador ayollarni tibbiy kuzatuv bilan töliq qamrab olişga qaratilgan tizimli çora-tadbirlar ham amalga oşirilgan.
Malumot uçun, “Işonç” jamğarmasi Şveytsariyada musodara qilingan Gulnora Karimovaga aloqador aktivlarni Özbekistonga qaytariş böyiça Restitutsiya bitimi asosida taşkil etilgan. Jamğarma mablağlari soğliqni saqlaş va talim sohalaridagi ijtimoiy loyihalarni moliyalaştirişga yönaltiriladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonning Birinçi Prezidenti Islom Karimovning tönğiç qizi Gulnora Karimovaning Şveytsariyada musodara qilingan pullaridan 20 mln dollar talim oliş imkoniyatlarini yaxşilaş uçun ajratilişi haqida xabar berilgan edi.