Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi 2 ta çegara posti xalqaro maqomga ega böladi
Özbekiston va Qozoğiston çegarasidagi “Sirdaryo – Malik” hamda “Tselinniy – Oq oltin” avtomobil ötkaziş punktlari xalqaro maqomga ega böladi. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Qozoğiston Senati mazkur özgarişlarni nazarda tutuvçi, ikki davlat hukumatlari örtasida 2006 yil 4 sentyabrda imzolangan davlat çegarasidagi ötkaziş punktlari töğrisidagi bitimga özgartirişlar kiritiş haqidagi protokolni ratifikatsiya qilgan.
Senat qömitasi xulosasiga köra, protokol bilan “Sirdaryo – Malik” va “Tselinniy – Oq oltin” avtomobil ötkaziş punktlarining maqomi ikki tomonlama (davlatlararo) toifadan xalqaro (köp tomonlama) toifaga özgartiriladi. Şuningdek, uşbu çegara punktlarining iş rejimi 24 soat davomida işlaydigan tartibga ötkaziladi.
Bundan taşqari, protokolga muvofiq, mazkur çegara ötiş joylarida faqat yengil avtomobillar harakatlanişiga oid çeklov bekor qilinib, ular yuk-yölovçi transporti uçun ham moslaştiriladi.
Jumladan, “Tselinniy – Oq oltin” çegara posti orqali yengil avtomobillar, böş yuk maşinalari, şuningdek, yirik hajmli va oğir vaznli yuklar hamda tovarlarni taşuvçi transport vositalari harakatlanişi mumkin böladi.
“Sirdaryo – Malik” çegara posti esa faqat yengil avtomobillar va böş yuk maşinalarining harakatlanişi uçun xizmat qiladi. Mazkur punkt orqali tijorat maqsadidagi yuk va tovarlarni olib ötişga ruxsat berilmaydi.
Qayd etilişiça, uşbu protokolning amalga oşirilişi hamda Qozoğiston–Özbekiston çegarasidagi ötkaziş punktlari infratuzilmasini modernizatsiya qiliş işlari transport va yölovçilar oqimini yanada samarali taqsimlaşga xizmat qiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qozoğiston Respublikasi mamlakat hududiga uçinçi davlatlardan yangi yoki sovutilgan pomidorlarni barça transport turlari orqali olib kirişga bir haftalik taqiq joriy etgan edi.