“Seydiqum” nazorat-ötkaziş punkti oçilişi kutilmoqda
Qirğiziston-Özbekiston çegarasida “Seydiqum” nazorat-ötkaziş punktini oçiş masalasi muhokama qilinmoqda. Bu haqda Qirğiziston Davlat çegara xizmati raisining birinçi örinbosari – Boş ştab boşliği Mirzamir Sidiqov bugun, 23 iyun kuni Jogorku Keneşning Xalqaro işlar qömitasi yiğilişida malum qildi.
Deputat Oybek Oltinbekovning bildirişiça, bugungi kunda Qirğiziston-Özbekiston çegarasidagi “Seydiqum”dan taşqari barça nazorat-ötkaziş punktlari allaqaçon oçilgan. Uning sözlariga köra, uni oçiş Bozorqörğon tumani uçun iqtisodiy jihatdan foydali bölardi.
Çegara xizmati rahbari örinbosarining sözlariga köra, Qirğiziston va Özbekiston hukumatlararo komissiyasi öz işini davom ettirmoqda. Tomonlar nazorat-ötkaziş punkti böyiça kelişuvlarni muhokama qilmoqda, uning doirasida 18 iyun kuni Namanganda uçraşuv bölib ötgan.
“Ötkaziş punkti töğrisidagi bitimga, şu jumladan “Seydiqum” ötkaziş punktiga özgartirişlar kiritildi. Tez orada masala imzolaş uçun kiritiladi”, deydi u.
Malumot uçun, “Seydiqum” nazorat-ötkaziş punkti Özbekiston tomonidan Andijon viloyatining Paxtaobod tumani hududida joylaşgan, Qirğiziston tomonidan Jalolobod viloyatining Bozor-Qörğon tumani hududiga töğri keladi.
Özbekiston Respublikasi va Qirğiziston Respublikasi Hukumatlari örtasidagi rasmiy bitimlarga köra, uşbu maskan "avtoyöl" (ikki tomonlama yoki yengillaştirilgan) ötkaziş punkti hisoblanadi.
Özbekiston va Qirğiziston örtasidagi davlat çegarasida jami 16 ta avtoyöl nazorat-ötkaziş punkti mavjud. Ikki davlat örtasidagi çegaralarni demarkatsiya qiliş va ötkaziş punktlari faoliyatini tiklab, kengaytiriş böyiça erişilgan kelişuvlarga köra, uşbu maskanlar bosqiçma-bosqiç işga tuşirilmoqda