Şavkat Mirziyoyev Jahon banki vitse-prezidentini qabul qildi
Bugun, 29 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Jahon banki tasisçi davlatlarining “Şveytsariya guruhi” yiğilişida iştirok etiş uçun mamlakatda bölib turgan bankning Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi böyiça vitse-prezidenti Antonella Bassani boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Antonella Bassani davlat rahbariga Jahon banki prezidenti Ajay Banganing samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazgan.
Jahon banki guruhi bilan strategik hamkorlikni Yangi Özbekistonda olib borilayotgan tarkibiy islohotlarning ustuvor yönalişlari böyiça keng miqyosda rivojlantiriş masalalari muhokama qilingan.
Sönggi yillarda uşbu nufuzli xalqaro moliyaviy institut bilan ikki tomonlama aloqalar va konstruktiv şeriklik misli körilmagan darajaga kötarilgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.
Ötgan yil sentyabr oyida Nyu-York şahrida Jahon banki prezidenti bilan erişilgan oliy darajadagi kelişuvlar izçil amalga oşirilmoqda.
Qöşma loyihalar portfeli 15 milliard dollardan oşgan. Toşkent şahrida Jahon bankining mintaqaviy ofisi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Moliyalaştirişning yangi mexanizmlari samarali joriy etilmoqda.
Joriy yilda bölib ötadigan Jahon banki oliy rahbariyatining taşriflari va qöşma tadbirlarga puxta tayyorgarlik köriş muhimligi takidlangan.
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning eng asosiy yönalişlarini qamrab oluvçi yangi uzoq muddatli Mamlakat dasturini işlab çiqiş rejalari qöllab-quvvatlangan.
Kiçik va örta biznesni rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş, kambağallikni qisqartiriş çora-tadbirlarini amalga oşiriş, davlat korxonalarini xususiylaştiriş böyiça qöşma dasturlarni ilgari suriş hamda iqtisodiyot tarmoqlariga suniy intellekt texnologiyalarini joriy etişda Jahon banki guruhining moliyaviy vositalaridan foydalanişni kengaytirişga alohida etibor qaratilgan.
Suv xöjaligi sohasini moliyalaştiriş, inson kapitalini rivojlantiriş, şuningdek, Özbekistonning xalqaro reytinglardagi örnini yaxşilaşga kömaklaşiş masalalarida yaqin hamkorlikni yölga qöyiş ham ustuvor vazifalardan biri sifatida qayd etilgan.