USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda narkotiklar yoqildi, Afğoniston esa qöşnilardan yordam söradi

128 марта
Ўзбекистонда наркотиклар ёқилди, Афғонистон эса қўшнилардан ёрдам сўради

26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarşi kuraş kuniga bağişlangan xalqaro konferentsiya bölib ötdi. Xalqaro tadbirda QALAMPIR.UZ muxbiri iştirok etdi.

Konferentsiyada giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qiliş böyiça Davlat va hududiy komissiyalar azolari, 100 ga yaqin mutasaddi davlat organlari va jamoat taşkilotlari rahbarlari, mahalliy organlar vakillari, mutaxassislar va ekspertlar, 10 dan ortiq xalqaro taşkilotlar va hamkor tuzilmalar vakillari qatnaşdi.

Dastlab tadbirni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va öqotar qurollarni nazorat qiliş agentligi, BMTning Narkotiklar va jinoyatçilik böyiça boşqarmasi operativ boşqaruv bölimi hamda Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyoda giyohvand vositalari tarqalişini oldini oliş Dasturi (CADAP-8) rahbarlari kiriş sözi bilan oçib berdi.

Mutaxassislarning fikriça, giyohvandlik muammosining kengayib borayotgani, turli ijtimoiy qatlamlarga, jumladan yoşlar va xotin-qizlar orasiga ham kirib borayotganini körsatmoqda. Uşbu tendentsiyaga qarşi kuraşişda faqat huquqni muhofaza qiluvçi organlar emas, balki butun jamiyat – oila, talim muassasalari, OAV va fuqarolik jamiyati institutlari birlaşgan holda harakat qilişlari zarur.

Mazkur xalqaro anjumanda Afğoniston Islom Amirligining Özbekistondagi elçisi Şeyx Mavlavi Abdulğafar ham iştirok etdi. U QALAMPIR.UZ’ga bergan intervyusida giyohvandlik moddalariga qarşi yurtida keskin çoralar körilayotganini va bu moddalarni yetiştirgan hamda tarqatganlarga jazo kuçaytirilganini aytib ötdi.

Elçi şuningdek, bu narkotik moddalar aylanmasini yöq qilişda qöşni davlatlardan yordam söradi.

Tadbirda sönggi 5 oy davomida talaba yoşlar örtasida ham narkojinoyatlar sodir etilgani qayd etib ötildi. konferentsiyaning eng muhim ramziy tadbiri – bu giyohvandlik vositalarini yoqiş marosimi böldi. Unda Davlat xavfsizlik xizmatining malumotiga köra, joriy yilda 2 tonna 963,61 kg giyohvandlik vositalari, şundan 1 tonna 348,79 kg – marixuana, 649,64 kg – gaşiş, 101,43 kg – köknor, 426,35 kg – opiy, 78,37 kg – geroin, 225,88 kg – sintetik narkotiklar (metamfetamin, MDMA, mefedron, A-PVP, LSD, spays va b.ş.), 83,98 gr – kokain, 197,51 gr – gaşiş moyi, 0,04 gr psixotrop moddalar, 71,08 kg kuçli tasir qiluvçi moddalar, 54 kg prekursorlar, şundan: 152,5 gr – kaliy permanganat va 53,88 kg xlorid kislotasi yoqib yuboriş orqali yöq qilindi.

Xalqaro Konferentsiya doirasida Içki işlar vazirligi, Bojxona qömitasi, Çegara qöşinlari, Soğliqni saqlaş vazirligi, Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgaça va maktab talimi vazirligi, Mudofaa sanoati agentligi, Yoşlar işlari agentligi hamda boşqa hamkor taşkilotlar iştirokida sohada amalga oşirilayotgan işlarni aks ettiruvçi körgazma taşkil etildi.

Voqea tafsilotlari bilan batafsil tanişiş uçun QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi sahifasi orqali uşbu videoni tomoşa qiling.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: