Urgançda Tungi motouvakalar – zavqmi yoki şovqinli muammo?
25-05-2025, 23:03
659 марта
Urganç şahrida sport mototsikllar soni ortmoqda. Köplab yoşlarga bu texnikaning kuçi va tezligi yoqadi, albatta. Ammo, bu zavqli maşğulotning bir jihati bor – u boşqa odamlar hayotiga bezovtalik keltirayotgan bölişi mumkin.Ayniqsa, yoz oylarida tun yarmida motorlarning şovqinli ovozi köpçilikni sergak tortmoqda. Kimdir uyquda, kimdir sokin holatda hordiq çiqarayotgan bir vaqtda, birdan qattiq motor tovuşi eşitilişi – odamni çöçitib yuborişi mumkin.
Aholining fikriça, ayniqsa tun soat 12 dan keyin mototsikllarning baland tovuşda harakatlanişi uxlaşni qiyinlaştiradi. Derazalar oçiq, havoga ehtiyoj yuqori, lekin şu bilan birga, tinçlik ham kerak.
“Biz yoşlarga qarşi emasmiz, lekin şovqinli sport mototsikllari tunda harakatlanmasligi yoki ularning ovozi pasaytirilişi kerak. Bu atrofdagilarga hurmat belgisi böladi,” – deydi Urgançlik fuqaro Qudrat aka.
Mutasaddi taşkilotlar bu masalada nima deydi? Avvalo, mototsikl egalari yöl harakati qoidalariga amal qilişi, şuningdek, şovqin meyorlari haqida xabardor bölişi lozim. Şu bilan birga, profilaktika va tuşuntiriş işlari olib borilişi zarur.
Tungi sokinlik – har kimning haqqi. Şu sababli, yoşlarimizdan texnika zavqini tinçlikni buzmasdan baham körişlarini sörab qolamiz.