Özbekiston Gruziya bilan strategik şerik böldi
Malum qilinişiça, delegatsiyalar rahbarlari huzurida ham qator ikki tomonlama hujjatlar almaşilgan. Jumladan:
- Bojxona işlarida hamkorlik va özaro mamuriy yordam töğrisida bitim;
- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlaştiriş sohasidagi hamkorlik töğrisida bitim;
- Kasbiy va oliy talim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik töğrisida bitim;
- Özbekiston Respublikasi Hukumati va Gruziya Hukumati örtasida 2026-2027 yillarga möljallangan hamkorlik dasturi;
- Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Gruziya Madaniyat vazirligi örtasida 2027-2030 yillarga möljallangan hamkorlik dasturi;
- Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Gruziya Moliya vazirligi örtasida özaro anglaşuv memorandumi;
- “E-Permit” ruxsatnomalar almaşinuvi axborot tizimini joriy etiş böyiça hamkorlik töğrisida memorandum;
- Qişloq xöjaligi sohasida özaro anglaşuv memorandumi;
- Atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasidagi hamkorlik töğrisida memorandum;
- Soğliqni saqlaş sohasida özaro anglaşuv memorandumi;
- Radiatsiyaviy himoya va yadroviy xavfsizlik masalalari böyiça hamkorlik hamda axborot almaşiş töğrisida memorandum;
- Mehnat migratsiyasi sohasida özaro anglaşuv memorandumi;
- Turizm sohasidagi hamkorlik töğrisida memorandum.
Şuningdek, taşrif doirasida Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi bilan Gruziya Adliya vazirligining Majburiy ijro byurosi örtasida hamkorlik töğrisida memorandum ham imzolangan.
Eslatib ötamiz, Şavkat Mirziyoyev ayni paytda davlat taşrifi bilan Gruziyada bölib turibdi. Keça, 2 iyul kuni Tbilisi şahridagi Orbeliani saroyida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Gruziya Prezidenti Mixail Kavelaşvilining muzokaralari bölib ötgandi. Şuningdek, Tbilisi şahridagi tadbirlar doirasida Şavkat Mirziyoyevni Gruziyaning oliy davlat mukofoti – “Oltin möyna” ordeni bilan taqdirlaş marosimi bölib ötdi.
Şuningdek, Gruziya Boş vaziri Irakliy Kobaxidze bilan tor doirada va ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari iştirokida bölib ötgan muzokaralarda Özbekiston Respublikasining Gruziyadagi elçixonasini tasis etiş töğrisida qaror ham qabul qilingan.