Prezident Bekoboddagi mahallaga borib, aholi bilan suhbatlaşdi
Prezident Şavkat Mirziyoyev Bekobod şahriga taşrifi davomida “Xos yoz” kanali böyi va “Döstlik” mahallasida amalga oşirilgan bunyodkorlik işlari bilan tanişdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, bir paytlar etibordan çetda qolgan, qarovsiz va tartibsiz bölgan “Xos yoz” kanalining böyi bugun şaharning eng gözal göşasiga aylangan. Endilikda mahallalar yaqinida barça qulayliklarga ega zamonaviy ekologik makon paydo bölgan.
Hududni kompleks rivojlantiriş böyiça master-reja doirasida 3 kilometr uzunlikda maxsus piyodalar yölagi va 5,4 kilometrlik mustahkam tösiqlar qurilgan, 2 ta köprik qad rostlagan. Şuningdek, loyiha natijasida sohil böyida 27 ta yangi savdo va zamonaviy xizmat körsatiş obekti taşkil etilib, 167 ta yangi doimiy iş örni yaratilgan.

Davlat rahbari bu yerda sport bilan şuğullanayotgan yoşlar bilan suhbatlaşgan.

“Döstlik” mahallasi hududi hozir 28 gektarni taşkil etadi. Bu yerda 33 ta köp qavatli uy, xususiy maktabgaça talim taşkiloti, futbol maydoni, 16 ta sport va bolalar maydonçasi hamda kutubxona mavjud.

Joriy yilda tadbirkorlar tomonidan 1,1 milliard söm investitsiya kiritilib, 10 ta xizmat körsatiş obekti va 1 ta umumiy ovqatlaniş şoxobçasi taşkil etilgan. Natijada 25 ta yangi iş örni yaratilgan. Şuningdek, taşabbuskorlar mablağlari hisobidan “Vatanparvar boği” ham barpo qilingan. Unda harbiy texnika namunalari örnatilib, xizmat körsatiş obektlari qurilgan.

“Taşabbusli byudjet” mablağlari hisobidan mahalla hududida Bekobod şahri muzeyi taşkil etilgan. Mahallada nuroniylar va mehnat faxriylarining dam olişi, uçraşuvlar, davra suhbatlari hamda manaviy-marifiy tadbirlar ötkaziş uçun yoğoç konstruktsiyali yozgi şiypon qad rostlagan.

Davlat rahbari mahalladagi bunyodkorlik işlarini közdan keçirib, aholi uçun yaratilgan şaroitlar bilan tanişgan. Mahalla faollari va mehnat faxriylari bilan samimiy muloqot qilgan.
“Barça amalga oşirayotgan işlarimiz, barpo etilayotgan obektlarimiz va loyihalarimiz, avvalo, aholiga xizmat qilişi, insonlar hayotini yaxşilaşi kerak. Odamlar öz mahallasida, şahrida keçayotgan özgarişlarni his qilişi, ularning samarasini kundalik hayotida körişi kerak.
Har safar hududlarga kelganimizda insonlar Yangi Özbekiston islohotlarining nafasini, uning yangilaniş va taraqqiyot şabodasini his etişi zarur. Bekobod şahri ham özining mehnatkaş va fidoyi aholisi, iqtidorli yoşlari, hayot tajribasiga ega nuroniylari bilan yanada obod va taraqqiy etgan maskanga aylanişi kerak.
Biz yoşlarimizning orzu intilişlari, nuroniylarimizning ezgu niyat va maqsadlari röyobga çiqişi uçun barça imkoniyatlarni safarbar etamiz”, deydi Prezident.
Şuning bilan Prezidentning Bekobodga safari yakuniga yetib, davlat rahbari Toşkentga qaytib kelgan.