Özbekistonda yozgi elektr istemoli ilk bor qişki rekordni ortda qoldirdi
Özbekistonda elektr energiyasi istemoli böyiça yangi rekord qayd etildi. Keça, 14 iyul kuni mamlakat yagona energetika tizimida sutkalik elektr istemoli 284 million kilovatt-soatga yetib, nafaqat yozgi, balki qişki eng yuqori körsatkiçni ham ortda qoldirdi. Bu haqda Energetika vazirligi malum qildi.
Qayd etilişiça, yangi körsatkiç joriy yilning 13 iyul kuni qayd etilgan yozgi rekord – 278,6 million kilovatt-soatdan 5,4 million kilovatt-soatga, joriy yilning 24 yanvarida qayd etilgan qişki maksimal istemol – 283 million kilovatt-soatdan esa 1 million kilovatt-soatga yuqori bölgan.
Şuningdek, keça, 14 iyul kuni sutkalik elektr energiyasi işlab çiqariş hajmi ham rekord darajaga çiqib, 287,3 million kilovatt-soatni taşkil etgan. Bu qişki maksimal işlab çiqariş hajmidan 9,7 million kilovatt-soatga köp.
Malum qilinişiça, yuqori istemol davrida elektr taminoti barqarorligini saqlaş maqsadida avariya-tamirlaş brigadalari kuçaytirilgan tartibda işlamoqda. Jumladan, keça Toşkent şahrining Çilonzor, Şayxontohur, Yakkasaroy, Sergeli va Olmazor tumanlarida yuzaga kelgan nosozliklar tezkor bartaraf etilgan. Qaşqadaryo viloyatining Qarşi, Koson, Kökdala, Qamaşi, Ğuzor, Kitob va Çiroqçi tumanlarida kuçli şamol sabab uzilgan ayrim elektr tarmoqlari ham bosqiçma-bosqiç qayta tiklangan.
Vazirlikning bildirişiça, hududlarda elektr stantsiyalari, podstantsiyalar, transformator punktlari va elektr uzatiş tarmoqlarini modernizatsiya qiliş işlari davom etmoqda. Şu bilan birga, yuqori yuklama vaqtida ayrim hududlarda texnik nosozliklar tufayli elektr taminotida vaqtinçalik uzilişlar kuzatilişi mumkinligi qayd etilgan.
Şu munosabat bilan istemolçilardan elektr energiyasidan oqilona foydalaniş, xususan, konditsionerlarni 24–26 daraja haroratda işlatiş va ularning filtrlarini muntazam tozalab turiş söralgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda kuzatilayotgan issiq ob-havo munosabati bilan iş beruvçilarga oçiq havoda mehnat qilayotgan xodimlar xavfsizligini taminlaş böyiça majburiy çoralar elon qilingan edi.