USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Ş” va “Ç” ötmişda qoladi. Yangi alifbo bizga nima beradi?

246 марта
“Ш” ва “Ч” ўтмишда қолади. Янги алифбо бизга нима беради?

Ayrimlar bolaligida kirill alifbosida, boşqalar esa lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosida savod çiqargan. Endi esa amaldagi lotin alifbosi yana özgarmoqda. Aniqroq qilib aytganda, pasportingizdagi ismingizdan tortib çöntagingizdagi pulingizgaça barça barçasi özgaradi.

Eng muhim özgariş şundaki, endi özbek tilida ikki belgidan iborat harf birikmalari qöllanilmaydi. Klaviaturada  ş – “w”  ç – “4” harflarini qisqartirib yoziş ham şart emas. “ng” harf birikmasi esa alifbodan butunlay olib taşlanadi. Joriy yilning 7 iyul kuni, uşbu özgarişlarni nazarda tutuvçi qonun loyihasi parlamentda maqullanib, Senatga yuborildi.  Şundan söng, Özbekistonda ilk bor 2021 yilda keng muhokamalarga sabab bölgan alifbo islohoti masalasi yana kun tartibiga çiqdi. Aslini olganda, alifbodagi harflar nega özgarmoqda? Unda qanday muammolar bor edi?

“Bu alifbo islohoti keça paydo bölgan narsa emas. Bu masala ijtimoiy tarmoqlarda bir neça yillardan beri muxokama qilinadi. Alifbo islohoti böyiça tilşunoslar, olimlar va turli soha vakillarining fikrlari olingan. Töğri, bu muammolar yuzuvda bilinmasligi mumkin. Biroq, oddiygina “Özbekiston” sözidagi “ö” harfi hamma joyda 10 xil yoziladi. Imlo qoidalarida esa “ş” va “ç” harf birikmalari bilan juda köp istisno holatlari mavjud. Masalan, “Is’hoq”, “As’hob” degan sözlarimizni notöğri öqiş holatlari ham kuzatildi. Bundan taşqari, klaviaturada uşbu harflar birikmasini “w” va “4” qilib özgartirib, buzib yozilgan holatlar ham uçramoqda”, deydi mutaxasis Inomjon Azimov. 

Alifbodagi yana bir muhim özgariş şundaki, “ng” harflar birikmasi butunlay olib taşlanmoqda.  Hozirda “bodring”, “keling”, “turing” kabi sözlarda bitta ng tovuşini, “köngil” va “singil” kabi sözlarda esa alohida n va g tovuşlarini ifodalab kelayotgan uşbu harflar birikmasi endi alifboda bölmaydi. Tabiiyki, savol tuğiladi: endi “boring”, “keling”, “turing” kabi sözlar qanday yoziladi? 

“Köpçilikni qiziqtirayotgan masalalardan biri – “ng” harflar birikmasining alifbodan çiqarilişidir.  Biroq bu tovuş yöqolib ketadi, degani emas. «Ng» yangi alifboda alohida harf sifatida bölmaydi, ammo tovuş sifatida saqlanib qoladi.  Faqat uni ifodalaş tartibi imlo qoidalari orqali belgilab beriladi. “Ng” harflar birikmasi amaldagi imlo qoidalarida ham köplab murakkabliklarni keltirib çiqargan. Masalan, “senga” va “menga” sözlarida “n” va “g” alohida tovuşlar sifatida talaffuz qilinadi. Ammo “singil” va “köngil” sözlarida ular bitta “ng” tovuşini ifodalaydi va böğin köçirişda ham alohida qoida qöllaniladi. Natijada bitta harflar birikmasi uçun bir neçta istisno va murakkab imlo qoidalarini yodda saqlaşga töğri keladi”, deydi mutaxasis Inomjon Azimov.

Ayrimlar yangi alifboni turk alifbosiga taqlid deb hisoblamoqda. Töğri, bir qaraşda alifboga kiritilişi taklif etilayotgan törtta harf turk alifbosidagi belgilarni eslatadi. Biroq tarixga nazar taşlasak, bu harflar özbek alifbosi uçun mutlaqo yangi emas. Özbekiston 1993 yilda kirill yozuvidan lotin yozuviga ötilganda, uşbu harflar ilk lotin alifbosi tarkibida allaqaçon mavjud bölgan.

“Bu heç qanday turk alifbosiga taqlid emas. Taklif etilayotgan harflar ham biz uçun mutlaqo yangi emas. Özbek yozuvi tarixiga nazar taşlasak, lotin alifbosining dastlabki variantlarida bunday belgilar avval ham qöllanilgan. Xususan, 1993 yilda kirill yozuvidan lotin yozuviga ötiş töğrisidagi qonun qabul qilinganda ham bugun qayta joriy etilişi taklif qilinayotgan harflar alifbo tarkibida bölgan. Keyinçalik, 1995 yilda alifbo qayta körib çiqilib, ular örniga “ş”, “çׅ”, “ö” va “ğ“ harf birikmalari joriy etilgan”, deydi mutaxasis Inomjon Azimov.

Alifbodagi “ö” harfining belgisi bilan boğliq muammo köpçilikka yaxşi taniş. Uni kompyuterda yoziş uçun maxsus raqamlar ketma-ketligini bosiş bir tomondan vaqt olsa, boşqa tarafdan savodsizlik deb baholaş mumkin bölgan darajajadagi kamçilikka ham sabab bölar edi. Buni Özbekiston nomini yoziş bilan boğliq birgina vaziyat misolida tuşuntiramiz. Davlatning nomini ayrimlar “ö” deb hisoblaydigan 7 xil körinişda yoziş mumkin. Tabiyki ularning 6 tasi xato bölgan. Bu haqida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 2023 yil 11 dekabrda “Jadidlar: milliy özlik, istiqlol va davlatçilik ğoyalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferentsiyada gapirgan edi.

“Yana bir bor takidlayman, gap Vatan va Millat nomini töğri yoziş haqida ketar ekan, bunday bahs va tortişuvlarni bas qilişimiz, alifbodagi ayrim özgarişlarni joriy etişimiz va şu bilan alifbo masalasiga qatiy nuqta qöyişimiz zarur, deb hisoblayman!” deydi Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari.

Uşbu reportajni töliq şaklda  QALAMPIR.UZ’ning YouTube kanalida tomoşa qilişingiz mumkin.

Изоҳ қолдириш

    • Bobur 21 Iyul 2026 17:19
      Yangilikni to'liq o'qish uchun saytga kirgan vaqti majburiy reklama qilibsizlar umuman bo'ladigan narsa amas asabni buzadi olib tashlang saytga hech kim kirmidi marketingni o'ltiradi. Sizlarga foyda foydalanuvchi noqilay va asab buzadi.

Мавзуга алоқадор: