Alifbo özgartirilmaydi – Prezident mamuriyati
Qirğizistonda davlat tomonidan qirğiz alifbosini özgartiriş masalasi körib çiqilayotgagi haqidagi gaplar rad etildi. Bu haqda Prezident Administratsiyasining axborot siyosati xizmati rahbari Dayirbek Orunbekov malum qildi.
Orunbekovning sözlariga köra, sönggi kunlarda muhokama qilinayotgan takliflar Fanlar milliy akademiyasining ayrim vakillari şaxsiy taşabbusi bölib, davlat pozitsiyasini aks ettirmaydi.
“Bu şaxsiy fikr va şaxsiy taşabbus. Davlat tomonidan qirğiz alifbosini özgartiriş böyiça heç qanday qaror yoki taşabbus qabul qilinmagan va ilgari surilmagan. Qirğiz alifbosi avvalgidek 36 harfdan iborat va özgarişsiz qoladi, degan u.
Dayirbek Orunbekov bunday taşabbuslar mualliflarini ularni ommaviy muhokamaga olib çiqişdan oldin ehtimoliy oqibatlar va jamoatçilik rezonansini inobatga olişga çaqirgan.
“Bunday takliflar bilan çiquvçilar masuliyatni unutmasligi, taşabbusning zarurati, ehtimoliy oqibatlari va jamoatçilik manfaatini sinçiklab baholaşi kerak. Asossiz bahs-munozaralar va noroziliklarga sabab bölişi mumkin bölgan taşabbuslarni ilgari surişdan avval bu omillarni hisobga oliş lozim”, degan u.
Qayd etilişiça, qirğiz tilining yangi imlo qoidalari loyihasi muhokama uçun elon qilingaç, keng jamoatçilik muhokamasiga sabab bölgan. Eng köp bahslarga sabab bölgan takliflardan biri qirğizça sözlarda “E” harfidan voz keçib, uni “E” harfi bilan almaştiriş bölgan.
Ayrim mutaxassislar bu özgarişni kirill yozuvi fonetikasi nuqtai nazaridan asossiz deb hisoblasa, boşqalar uni imloni soddalaştiriş va ehtimoliy lotin yozuviga ötiş sari qadam sifatida baholamoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq özbek alifbosi islohoti doirasida ham 4 ta harfning yangi şakli loyihasi elon qilingan edi.