Özbekistonda elektr istemoli böyiça törtinçi rekord qayd etildi
Özbekiston yagona energetika tizimida keça, 17 iyul kuni elektr energiyasi istemoli va işlab çiqariş hajmi böyiça yangi rekord qayd etildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Malum qilinişiça, 17 iyul kuni sutkalik elektr energiyasi istemoli 293,4 million kilovatt-soatni taşkil etgan. Bu ötgan yil yoz mavsumida qayd etilgan eng yuqori körsatkiçdan 20,8 million kilovatt-soat yoki 7,6 foizga yuqori.
Şuningdek, sutkalik elektr energiyasi işlab çiqariş hajmi ham 296,1 million kilovatt-soatga yetib, yangi rekord örnatilgan. Mazkur körsatkiç joriy yilning 16 iyulida qayd etilgan 295,4 million kilovatt-soatlik rekorddan 0,7 million kilovatt-soat yoki 0,24 foizga köp.
Vazirlik malumotiga köra, kiçik quvvatli quyoş fotoelektr stantsiyalarida işlab çiqarilgan elektr energiyasi bilan birga hisoblaganda, 17 iyul kuni jami 305 million kilovatt-soat elektr energiyasi işlab çiqarilgan. Bu avvalgi kundagisiga nisbatan 9,6 million kilovatt-soat yoki 3,2 foizga köpdir.
Qayd etilişiça, dispetçerlik xizmatlari elektr tarmoqlaridagi yuklama, elektr uzatiş tarmoqlari hamda transformatorlarning texnik holatini real vaqt rejimida doimiy nazorat qilib boradi. Zarurat tuğilganda uskunalarning ortiqça yuklanişi va qizib ketişining oldini oliş maqsadida yuklamani qayta taqsimlaş hamda boşqa tezkor çoralar köriladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq elektr tarmoqlarida yuzaga kelgan öta yuqori yuklama sabab ayrim hududlarda elektr taminoti 2 soatgaça vaqtinça çeklangani haqida xabar berilgan edi.