Samarqandda YPX xodimi xizmat maşinasida piyodani urib ketdi
Samarqandda yöl patrul xizmati xodimi xizmat maşinasida yöldan ötayotgan piyodani urib yuborişi oqibatida piyoda vafot etdi. Bu haqda viloyat IIBB YHXB xabar berdi.
Malum qilinişiça, hodisa keça, 21 iyul kuni soat taxminan 18:15 larda Samarqand viloyati, Samarqand şahri, Şabbod köçasida sodir bölgan. Köçada örnatilgan kuzatuv kameralaridagi tasvirlarda YPX xodimi öziga biriktirilgan Tracker rusumli patrul avtomobilini boşqarib ketayotib, yöldan ötayotgan ayol – 1951 yilda tuğilgan S.A. ni urib yuborgan.
Viloyati YHXB bergan malumotda aytilişiça, piyoda yölning belgilanmagan joyidan yölni kesib ötayotgan bölgan.
Bildirilişiça, hodisada piyoda olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand şahar Prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Buxoro viloyatida Yöl harakati xavsizligi boşqarmasi (YHXB) xodimi piyodani urib yuborgan edi.