Malibu’da 3 kişini urib, uçirib yuborgan haydovçi qamoqqa olindi
Avvalroq, Andijon viloyatida Malibu-2 piyodalar yölagidan ötayotgan 3 kişini katta tezlikda urib yuborgani va oqibatda 2 kişi vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Uşbu hodisani sodir etgan Malibu haydovçisi qamoqqa olindi. Bu haqda viloyat Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, hozirda haydovçi protsessual tartibda qamoqqa olingan. Holat yuzasidan Andijon şahar IIOFMB Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, uşbu hodisa joriy yilning 25 iyun kuni sodir bölgan. Andijon şahar “Yangi Böston” MFY Amir Temur şoh köçasidagi tartibga solinmagan piyodalar ötiş joyida 1997 yilda tuğilgan haydovçi R.Z. öziga tegişli bölgan Malibu-2 rusumli avtomobilini boşqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar ötiş joyidan yölni kesib ötayotgan 3 nafar piyodani urib yuborgan. YTH oqibatida piyodalar olgan tan jarohatlari bilan şifoxonaga olib borilgan. Biroq şifokorlar tomonidan körsatilgan barça tibbiy muolajalarga qaramasdan, ularning 2 nafari vafot etgan.
Bundan oldinroq ham Andijonda ayançli YTH sodir bölgan edi. Öşanda Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgan “Andijon polkasi” tadbiriga ketayotgan bir guruh öquvçilar yöl-transport hodisasiga uçraşi oqibatida 1 nafar öquvçi vafot etgandi.