Malayziyaning Özbekistondagi yangi elçisi tayinlandi
Özbekiston Taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Malayziyaning mamlakatdagi yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elçisi Rafeda binti Abdul Azizning işonç yorliqlari nusxalarini qabul qildi. Bu haqda vazir özining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
Uçraşuvda Özbekiston va Malayziya örtasidagi köp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilingan. Tomonlar sönggi yillarda oliy darajadagi muloqotlar tufayli ikki davlat örtasidagi munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarilganini qayd etgan.
Şuningdek, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş, investitsiyaviy hamkorlikni çuqurlaştiriş hamda turli sohalarda yangi qöşma loyihalarni ilgari suriş masalalariga alohida etibor qaratilgan.
Uçraşuv yakunida Baxtiyor Saidov yangi elçiga Özbekistondagi diplomatik faoliyatida muvaffaqiyat tilab, uning faoliyatini har tomonlama qöllab-quvvatlaşga tayyor ekanini bildirgan.
Eslatib ötamiz, bugun, 22 iyul kuni Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev farmoni bilan Yerali Tuğjanov Qozoğiston Respublikasining Özbekistondagi Favqulodda va muxtor elçisi etib tayinlangan edi.